Tugallanganlik tamoyili-buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tugallangan, ya’ni, hisobot davridagi axborotlar to’g’risida yetarlicha to’la ma’lumot taqdim etishi kerak.
Izchillik tamoyili-foydalanuvchilar korxonaning moliyaviy va xo’jalik faoliyatlari to’g’risida buxgalteriya hisobi taqdim etadigan axborotlar, ularning, moliyaviy ahvollarida bo’ladigan o’zgarish yo’nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. Shuning uchun buxgalteriya hisobida axborotlarni izchillik tamoyili asosida hisobga oladi
Axborotlarni o’z vaqtida taqdim etish tamoyili-moliyaviy hisobotlarning uzluksizligi; ahamiyatliligi; izchilligi axborotlarni buxgalteriya hisobi tomondan o’z vaqtida taqdim etishga bog’liq. Hisobot axborotlarini asossiz kechiktirilishi, ularni, iqtisodiy ahamiyatini pasaytiradi yoki umuman yo’qotadi. Shuningdek, foydalanuvchilarda, xo’jalik sub’yektlarining moliyaviy va xo’jalik faoliyatlari to’g’risidagi axborotlarga, ularning barcha jihatlari ma’lum bo’lgunga qadar zarurat paydo bo’lishi mumkin, Barcha jihatlari paydo bo’lgunga qadar taqdim etilgan axborotlar hisobotlarning ishonchliligini buzadi va foydalanuvchilarga katta naf keltirmaydi. Chunki, ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo’ladilar. Buxgalteriya hisobi hisobotlarning ahamiyatlilik bilan ishonchlilik tamoyillari o’rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida, iqtisodiy qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilarga axborotlarni o’z vaqtida taqdim etish masalasini hal etishi kerak.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobotlar barcha foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati haqida to’liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarishni ta’minlaydi.
Har bir korxona hisobot yilining boshida buxgalteriya uchyotini tashkil etish milliy tamoyillari asosida yangi hisobot yili uchun hisob siyosati ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nazarda tutilgan hisob yuritish tamoyillariga rioya qilmaslik yoki ulardan u yoki bu darajada chetlanish foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan va moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan ma’lumotlarni to’g’riligini buzilishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning halqaro standartlari ko’rib chiqilgan tamoyillardan tashqari boshqa tamoyillarni ham nazarda tutadi. Misol, Shimoliy Amerikada mulkiy alohidalangan, pulda o’lchash, ratsionallik, alohidalangan korxona, sotish, muntazamlilik va boshqa tamoyillardan ham foydalaniladi. Ularning ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |