15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko’rish


Download 0.63 Mb.
bet36/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko’rish
Korxona balansida, aktivlarni va passivlarning summalari qayta ro’yxatga olish va solishtirish dalolatnomalari asosida ko’rsatilishi lozim. Shuning uchun, Yillik hisobotlarni tuzishdan oldin buxgalteriya hisobining 19-sonli «Inventarizatsiyani tashkil etish» nomli milliy standartida keltirilgan tartib va muddatlarda yilining 1-oktyabriga qadar inventarizatsiya o’tkaziladi. Unda mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa hisob-kitoblar birma-bir sanab, tekshirib va solishtirib chiqiladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan joriy hisob ko’rsatkichlaridagi xatolar 10-kun mobaynida tegishli buxgalteriya yozuvlari orqali to’g’rilanishi lozim. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad 5910-«Kamomadlar va boyliklarning buzilishi natijasidagi yo’qotishlar» schyotiga olib boriladi. Kamomad tekshirilib tabiiy kamayish me’yorida bo’lsa, korxona xarajatlariga, ya’ni 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti, agar moddiy javobgar shaxs aybi bilan bo’lsa, 4730-«Moddiy zararlarni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi» schyotga olib boriladi va undirib olinadi.
Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kelgan bo’lsa, unda korxona rahbari 5 kun muddat ichida ishni tegishli sud-tergov organlariga yuborib, fuqarolik da’vosi e’lon qilinishi kerak. Agar kamomad tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha yoki moddiy boyliklarning buzilishi natijasida yuz bergan bo’lsa va aybdorlari aniqlanmasa korxona mehnat jamoasining umumiy yig’ilishini qaroriga asosan foyda hisobidan qoplanadi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha tovar moddiy boyliklar aniqlansa korxona foydasiga kirim qilinadi:
Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 2800-«Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
Kredit 9390-« Boshqa operatsion daromadlar» schyot.
Balansda hisob-kitoblar tekshirish dalolatnomalari, o’zaro hisob-kitoblarni qoldig’ini solishtirish xati yoki solishtirish dalolatnomalari ma’lumotlari asosida aks etirilladi. Da’vo muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlari va qarzdorlarning to’lov qobiliyatsizliklari tufayli o’z vaqtida undirib olinmagan debitorlik qarzlari korxona rahbari yoki yuqori tashkilotning buyrug’iga binoan hisobdan chiqariladi va korxona foydasi hisobidan qoplanadi.
Da’vogarlik muddati o’tib ketgan kreditorlik qarzlari summasi muddat o’tib ketgan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmasdan korxona daromadiga o’tkaziladi.
Balansning moliya, soliq va bank idoralari bilan hisob-kitob moddalarida aks ettiriladigan summalar, ular bilan kelishilgan bo’lishi lozim. Moliyaviy hisobotlarda hisobot davri ma’lumotlari bilan oldingi yilning tegishli davri ma’lumotlarini va hisob siyosatidagi o’zgarishlarni solishtirish imkoniyati ta’minlangan bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotlarida tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Hisobotlar tasdiqlangandan keyin topilgan xatoliklar tuzatilganda, ma’lumotlarini tuzatgan va balansga imzo chekkan shaxslar, tuzatilgan muddatni ko’rsatib, «..tuzatildi, tuzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaymiz» yoki boshqa tegishli so’zlarni yozib imzo va muhr bilan tasdiqlaydilar. Topilgan xatoliklar o’tgan va joriy yil hisobotlarida tuzatiladi.
Yillik buxgalteriya hisobotini topshirgandan keyin daromadlarni yashirish yoki foydani asossiz kamaytirib ko’rsatish hollari aniqlansa, xatolik qaysi schyotga tegishli bo’lsa, o’tgan yil foydasi yoki zarari sifatida aks ettiriladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling