15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.63 Mb.
bet38/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Hisoblab yozish tamoyili buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi hisobot davriga kiritish kerakligi to’g’risida qaror qabul qilishi lozimligini bildiradi. Hisoblab yozish tamoyiliga ko’ra aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar va boshqa xo’jalik muomalalari yuzasidan haridorga yuklab jo’natilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag’lari, korxona hisob-kitobga qachon kelib tushishidan qat’iy nazar, hisobot davriga taaluqli ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Ikkiyoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili, korxona buxgalteriya muomalalarini ikkiyoqlama yozish tizimi asosida yoritishi kerakliligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozish tizimida sodir bo’lgan xo’jalik muomalasiga tegishli bo’lgan summani bir vaqtning o’zida bitta schyotning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat bo’ladi.
Uzluksizlik (davom etayotgan faoliyat) tamoyili, buxgalteriya hisobida korxonani amal qilayotgan (harakatdagi) iqtisodiy birlik sifatida, faoliyatlarini istiqbolda bundan keyin ham aniq bo’lmagan ancha uzoq muddat davom ettirishi ta’min qilinadi. Agar, bu nuqtai nazarni korxonaning tugatilishi bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muqobillik bilan solishtirilsa, uning mohiyati yanada ravshanroq bo’ladi. Bunday holatda aktivlarni doimiy ravishda joriy qiymatda baholashga to’g’ri keladi. Uzluksizlik tamoyiliga binoan esa buning zaruriyati bo’lmaydi. Masalan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari keyinchalik xaridorlarga sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Buxgalteriya hisobi tovarlarni sotish vaqtida, ularni sotish bahosini tasdiqlaydigan qiymatini tan oladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan mehnat buyumlarini va boshqa mablag’larni qiymatini alohida aniqlab o’tirishning hojati yo’q, chunki, ularning har biri alohida ajratilgan holda sotilmaydi. Agar korxona yopilish arafasida turgan bo’lsa, unda uning resurslari tugatish qiymatida baholanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling