15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja


Download 126.74 Kb.
bet2/10
Sana18.11.2023
Hajmi126.74 Kb.
#1785145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
N = (1/m) x 100%
Bu yerda: N - amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk
ob’ektining boshlang‘ich (tiklash) qiymatiga
yo nisbatan amortizatsiya normasi (foizda);
m - amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk shu
ob’ektining foydali foydalanish
muddati (oyda).
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
N = (2/m) x 100%
Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsiyenti.
Amortizatsiya hisoblash qoidalari 5-son BHMS «Asosiy vositalar» va 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar»da belgilangan. Ushbu qoidalar moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha olingan aktivlarga ham tatbiq etiladi.
Aktiv foydalanishga joriy etilgan oydan keyingi oydan boshlab amortizatsiya hisoblanadi. Amortizatsiya qilinayotgan qiymat to‘liq so‘ndirilgunga yoki balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar davom ettiriladi.
Misol
Amortizatsiya hisoblash davrini aniqlash
Uzoq muddatli aktiv 2020 yil 25 iyunda foydalanishga joriy etilgan.
Undan foydali tarzda foydalanish muddati – 5 yil.
Amortizatsiya hisoblash 2020 yil iyuldan boshlanib, 2025 yil iyunda tugaydi.
2025 yil iyuldan ushbu ob’ekt bo‘yicha amortizatsiya hisoblanmaydi.
Aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlayotganda quyidagilarni inobatga olish lozim:

  • uning texnik tavsiflari (asosiy vositalar uchun), texnik pasport ma’lumotlari bo‘yicha unumdorligi va resursi;

  • ishlab chiqarishning o‘zgartirilishi va yaxshilanishi natijasida yoki mazkur aktiv ishlab chiqaradigan mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) bozor talablarining o‘zgarishi natijasida ma’naviy eskirishi;

  • foydalanish uchun yuridik cheklovlar. Masalan, patent, guvohnomaning amal qilish muddati (nomoddiy aktivlar uchun).

Asosiy vositalardan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mushkul bo‘lsa, soliq solish maqsadida Soliq Kodeksida keltirilgan amortizatsiya normalarini asos qilib olishingiz mumkin. Masalan, sotib olingan kompyuter uchun amortizatsiya normasini 20 % etib belgilang.
Foydali xizmat muddatini aniqlash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari normalarini 5 yil hisobida, biroq korxona faoliyat yuritadigan muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilang.
Misol
Ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash
Mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxiga faqat ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar amortizatsiyasini qo‘shing.
Ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli bo‘lmagan xarajatlarni kiritish hisobiga ishlab chiqarish tannarxining oshirilishi foyda solig‘i summasini buzib ko‘rsatishi mumkin.
Bu hisobot davri uchun foyda solig‘ini hisob-kitob qilish chog‘ida quyidagilarning tarkibiga kiritilgan amortizatsiya uchun xarajatlar chegirib tashlanishi bilan bog‘liq:
tannarx – realizatsiya qilingan tovarga to‘g‘ri keladigan ulushda;
davr xarajatlari – to‘liq.

Download 126.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling