15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja
Download 126.74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021 yil mart
- 187 500 so‘mga oshiriladi 2021 yil aprel
- 937 500 so‘mga pasaytiriladi
Keltirilgan misoldan ko‘ringanidek, ishlab chiqarish usuli uni qo‘llash bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, biznes yuritish va mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini to‘g‘ri aniqlash nuqtai nazaridan iqtisodiy jihatdan ko‘proq o‘zini oqlaydi. Yodingizda bo‘lsin: qo‘llanilayotgan amortizatsiya usuli buxgalteriyaga oid hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak, uni kalendar yil davomida o‘zgartirib bo‘lmaydi. Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o‘z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushilmalar ham kiradi: foyda, shuningdek moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilotlarda hissali ishtirok etishdan olinadigan daromadlarni ham qo‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag‘lari; mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag‘lari; XYUSga tegishli bo‘lgan ijara haqi, lizing to‘lovlari, dividendlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar, realizatsiyadan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda. Ish navbatini o‘zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsiyentining oshirilishi, intensiv foydalanishning o‘sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o‘zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o‘zlashtirilishi fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshiradi. 3-savol bayoni. Aylanma kapital XYUS aylanma (o‘zgaruvchan, mobil) aktivlariga avanslashtirilgan kapital qiymatini o‘zida ifodalaydi. Bu kapital XYUS balansining “Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo‘limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi: takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funksional mo‘ljallanganligi bo‘yicha; shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra; lividlilik darajasiga qarab va boshqa belgilariga muvofiq. A.M. Babich va L.N. Pavlovalar tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra: «Aylanma mablag‘lar – korxona aktivlarining harakatchan (mobil) qismi bo‘lib, shuning uchun ularni moliyalashtirish ma’lum tarkibi va strukturasini saqlab turishga qaratiladi. Korxonaning aylanma mablag‘lariga quyidagilar kiradi: tovar-moddiy qiymatliklar zaxiralari; debitorlik qarzlari; hisob-kitoblardagi mablag‘lar; pul mablag‘lari». Ilmiy va o‘quv – uslubiy manbalarga asoslanib aylanma aktivlarning tarkibini quyidagicha guruhlashni tavsiya etamiz (1-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, aylanma aktivlar samarali tashkil etish va boshqarish nuqtai nazaridan eng muhim 5 ta mezon bo‘yicha turkumlangan: funksional tayinlanishi; takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli; likvidlik darajasi; tashkil etish uslublari; moddiy-ashyoviy shakli. Aylanma aktivlarni funksional tayinlanishi, ya’ni fermer xo‘jaligining moliya-xo‘jalik faoliyatida qanday funksiyalarni bajarayotganligiga ko‘ra turkumlash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu mezonga muvofiq aylanma aktivlar ikki turkumga bo‘linadi: 1) ishlab chiqarish sohasidagi aylanma aktivlar; 2) muomala sohasidagi aylanma aktivlar. Aylanma aktivlar moliya-xo‘jalik faoliyati davomida bir shakldan boshqasiga o‘tadi va to‘liq doiraviy aylanishni amalga oshiradi. Fermer xo‘jaliklarida aylanma aktivlarning yil davomida o‘zgarishini buxgalteriya balansi(1-shakl), Bosh daftar va buxgalteriya hisobi registrlari ma’lumotlari asosida tahlil qilish tavsiya etiladi.Ishlab chiqarish va muomala sohasidagi aylanma aktivlarning tarkibi, buxgalteriya balansining II «Joriy aktivlar» bo‘limida aks ettiriladi. Aylanma aktivlar takror ishlab chiqarish jarayonidagi roliga ko‘ra: zaxiradagi aylanma aktivlar (mehnat predmetlari, mehnat qurollari); ishlab chiqarishdagi aylanma aktivlar (tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari); tayyor mahsulotlar (tayyor mahsulotlar, tovarlar); hisoblashuvdagi mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va pul mablag‘lari ( kassa, hisob – kitob scheti, valyuta scheti, maxsus schetlar) hamda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi. Zaxiradagi mablag‘lar – ishlab chiqarish sohasidagi aylanma aktivlarining passiv elementi bo‘lib, ularni omborda saqlash kapital sifatida aylanishdan vaqtincha chetlashtiradi va saqlash bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi. Sof aylanma aktivlar deganda ishlayotgan yoki daromad keltirayotgan aylanma kapital tushuniladi. U buxgalteriya hisobi yoki moliyaviy tahlil maqsadidan kelib chiqib, turlicha aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida sof aylanma aktivlar jami joriy (aylanma) aktivlar (balans aktivining II bo‘limi 390 satr) va joriy majburiyatlar (balans passivining II bo‘limi 600 satr) o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Moliyaviy tahlilda sof aylanma aktivlar jami aylanma aktivlardan qat’iy belgilangan to‘lovlar to‘lanmaydigan qisqa muddatli majburiyatlarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda majburiyatlar tarkibiga kredit va qarzlar kiritilmaydi. Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zahiralaridan iborat bo‘lgan quyidagilar kiradi: xom ashyo va asosiy materiallar; sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar; yoqilg‘i; qadoqlash va qadoqlash materiallari; joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar; inventarlar va xo‘jalik buyumlari; tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari; o‘z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari; kelgusi davr xarajatlari; boshqa xarajatlar. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat: tayyor mahsulot va qayta sotishga mo‘ljallangan tovarlar, ortib jo‘natilgan tovarlar; pul mablag‘lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta hisob varaqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob varaqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisob varaqlari, boshqa to‘lov hujjatlari); qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda) moliyaviy quyilmalar – boshqa XYUSlar qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalar, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa XYUSlarga berilgan zayomlar, aksionerlardan o‘z aksiyalarini sotib olish; debitorlik qarzlarining barcha ko‘rinishlari, sotib oluvchilar va buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, “qiz” va bo‘ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari, berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag‘lari. Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko‘rinishda shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish ko‘rinishida doiraviy aylanishda bo‘ladi. Pul mablag‘larining doiraviy aylanishi XYUS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan moddiy resurslar qiymatining to‘lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum ko‘rinishida qaytishi bilan tugallanadi. Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, o‘z tarkibiy qismlarining funksional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o‘zgartiradi: pul mablag‘lari – xom ashyo va materiallar zahiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum ko‘rinishida tushadigan pul mablag‘lari. Bunda aylanma kapital kompaniya moliyaviy holatining o‘lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi (sifatida maydonga chiqadi). Aylanma mablag‘lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: o‘zlik va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; qarziy va jalb qilingan mablag‘lar. 4-savol bayoni. Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini harakterlovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘lar aylanishining soni va aylanma mablag‘lar bir marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi: Download 126.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling