15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja
Download 126.74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- K = T : S Bu yerda: K
S = AA – QP
Bu yerda: S - sof aylanma kapital; AA – aylanma aktivlar; QP – qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlaridan tashqari). Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsiyenti harakterlab beradi va u quyidagicha aniqlanadi: K = T : S Bu yerda: K - sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsiyenti; T - realizatsiyadan olingan sof tushum; S - sof aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. U, eng avvalo, to‘lov intizomining ahvoli, aylanma mablag‘larning turli funksional elementlariga joylashtirilgan quyilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitlarsiz yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, materiallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining minimallashtirish, ishlab chiqarish zahiralari va ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv (norma (me’yor)lashtirishni hisobga olgan holda), albatta, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xo‘jalik aloqalaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zahiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish kabilar kiradi. To‘lov qobiliyatini ta’minlash (mustahkamlash) va mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash metodlari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zahiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o‘ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan to‘g‘ri manyovr qilish, materiallarning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag‘lar quyidagi ikki ikki guruhga bo‘linadi: norma (me’yor)lashtiriladigan aylanma mablag‘lar; norma (me’yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar. Norma (me’yor)lashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zahiralari kiradi. Norma (me’yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa ombordagi tayyor mahsulot zahiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini qamrab oladi. Aylanma kapitalning o‘lchamini optimallashtirish (oqilonalashtirish) uchun moddiy aylanma mablag‘larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi. Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini normativ metodi tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning normativi belgilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zahiralarni ham qo‘shgan holda zahiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o‘rnatiladi. Aylanma mablag‘larni norma (me’yor)lashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zahiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining normasi (me’yori) ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi XYUS ish sharoitiga bog‘liq: ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi; ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi; mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; materiallar sifati; hisob-kitoblar tizimi; va boshqalar. Norma (me’yor) norma (me’yor)lashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj (xarajat)larning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zahiralarda o‘rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu interval (oraliq), masalan, 24 kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zahiralar shu kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom) rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim. Kunlarda ifodalangan zahiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida norma (me’yor)lashtiriladigan zahiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar norma (me’yor) kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag‘larning normativi XYUSning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal darajada zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zahiralaridan iboratdir. Qandaydir bir resurslarning zahiralariga avanslashtiriladigan aylanma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: Download 126.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling