15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja
Download 126.74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulidan qanday foydalaniladi
Amortizatsiya hisoblash usullari
Amortizatsiya hisoblayotganda quyidagi usullarni qo‘llashingiz mumkin: amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash; bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish); ikki karra amortizatsiya normasi bilan qoldiqni kamaytirish; yillar summasi (kumulyativ). Qo‘llaydigan amortizatsiyani hisoblash usulini albatta korxonaning hisob siyosatida aks ettiring, sababi har xil usullardan foydalanish turlicha moliyaviy natija beradi. Uzoq muddatli aktivlarning har xil turlari yoki guruhlariga turli amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llashingiz mumkin. Bunda bir turdagi aktivlar bo‘yicha faqat bitta usulni qo‘llang (5-son BHMS 42-b., 7-son BHMS 51-b.). Ushbu usullarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulidan qanday foydalaniladi Ishlab chiqarish jarayoni barqaror bo‘lib, kafolatli daromad olishga ishonsangiz, ushbu usuldan foydalaning. Amortizatsiyani teng maromda, aktivlarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda har oyda teng ulushlarda hisoblang. Amortizatsiyalanadigan qiymatni aktivning balans va tugatish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlang. Aktivning tugatish qiymati – chiqib ketish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi (5-son BHMS 3-b., 7-son BHMS 4-b.). Asosiy vositalar uchun – aktivdan foydali tarzda foydalanish muddati tugaganda uning tugatilishi natijasida kirim qilinishi mumkin bo‘lgan ehtiyot qismlar, detallar va boshqa materiallarning ehtimoliy qiymati. Chiqib ketish bo‘yicha xarajatlar – demontaj qilish va tugatish uchun xarajatlar. Tugatish qiymati arzimas bo‘lsa, uni hisobga olmang, amortizatsiyani esa to‘liq eskirgunga qadar balans qiymatidan hisoblang. Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddati tugaganda uni sotish ehtimoli kam bo‘lsa, uning tugatish qiymatini ham nolga tenglashtiring. Keyingi misollarda aktivning tugatish qiymati shartda qayd etilmagan bo‘lsa, uni nolga teng deb olamiz. Misol Amortizatsiyani teng maromli usulda hisoblash Uzoq muddatli aktivning qiymati – 60 000 ming so‘m. Foydali tarzda foydalanish muddati – 5 yil. Hisob siyosatida aktivlarning ushbu guruhi bo‘yicha amortizatsiya teng maromli hisoblash usuli bilan hisoblanishi belgilangan. Binobarin, ushbu aktiv bo‘yicha har oyda quyidagi summada amortizatsiya hisoblanadi: 60 000 ming:5:12=1 000 ming so‘m. Yillik amortizatsiya normasi: 100%:5 yil=20 %. Har oy 20 %dan 1/12 qismi hisoblanadi.
Download 126.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling