15-mavzu. Marketingda kommunikasiya siyosati
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
15-мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- БЕВОСИТА МАРКЕТИНГ
15.3-chizma. Bevosita marketing uslublari Axborotni tanlash. Siz, qanday maqsadda reklama qilishingizni aniqlab olganingizdan keyin shunday reklama tekstini tayyorlashingiz kerakki, u maqsadli auditoriyaga o‘z ta’sirini o‘tkazsin. Axborotlashtirish vositalarini tanlash. Kommunikator ma’lumotni tayyorlagandan keyin uni qaysi kanal orqali yetkazishni aniqlash kerak. Ma’lumotlarni yetkazishning ikki asosiy turi farqlanadi: shaxsiy (individual) va umumiy. - shaxsiy (individual) kanalga xaridor bilan alohida suhbat o‘tkazish, telefon orqali aloqa qilish, pochta orqali murojaat qilish va boshqalar kiradi; - umumiy kanalga ommaviy axborot vositalari, turli chora-tadbirlar, konferensiyalar va boshqalar kiradi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari bevosita marketingning ikki yangi uslubini: bu buyurtmani elektron ko‘rinishda joylashtirish imkoniyati va Internet orqali oldi-sotdi bitimini amalga oshirish imkoniyatini hayotga tatbiq etdi. Bunda mijoz buyurtmani ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan olish imkoniga ega bo‘ladi. Buyurtmani elektron joylashtirish tizimi sotuvchini tovar zahiralarini kamaytirish va xarajatlarni pasaytirish imkonini beradi. Электрон тижорат БЕВОСИТА МАРКЕТИНГ Телемаркетинг Телевидение Бевосита почта орқали тарқатиш Каталоглар тарқатиш Радио, газета, журнал Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling