15-mavzu. Uskunaviy dasturlash texnologiyalari. Uskunaviy dasturiy ta'minot
Download 0.82 Mb.
|
Ma\'ruza №5a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Si tili
- Tarmoqqa kirish vositalari
Paskalda dastur:
Program Summa; Type Mas=Array [1…100] Of real; Var A: Mas; I, n: Integer; S: Real; BEGIN Write (,n=,); ReadLn(n); For i:=1 to n do Begin Write (,A[;I;]=,); ReadLn(A[i]); End; S:=0; For i:1 to n do S:=S+A[i]; WriteLn (,S=:S:8:2); END. Si tili 1972-yilda Dennis Ritchi tomonidan yangi UNIX operatsion tizimni dasturlash uchun mos bir til sifatida ishlab chiqilgan. Operatsion tizimlar ishlash tezligini oshirish uchun an’anaviy past darajadagi dasturlash tillarida – assemblerda yozilardi. Ammo Si tili o‘zini shunday ijobiy ko‘rsata oldikki, unda 90% dan ortiq UNIX operatsion tizimning kodi yozilgan. Si tili odatdagi Assemler tilida dasturlashdan qulayligi, lo‘ndaligi va harakatchanligi bilan yuqori darajadagi kompyuter texnikasiga kira olishi bilan o‘rta darajadagi til sifatida mashhur bo‘ldi. Si ni o‘rganish uncha oson emas va dasturlashda sinchkovlikni talab etadi, ammo u murakkab va samarali dasturlarni yaratish imkonini beradi. Si tilida dastur: # include # include main( ) { float a[ 100], s; int i, n; clrscr( ); printf("n="); scanf("%i", &n); for (i = 1; i <= n; i++) { printf("a["%i]=", i); scanf("%f",&a[i]);} s=0; for (i = 1; i <= n; i++) s = s + a[i]; printf("s = % f \ n", s); return 0; } Tarmoqqa kirish vositalari – dasturiy ta’minot taraqqiyoti so‘nggi 50-yillarda kompyuter qurilmalari taraqqiyoti fonida g‘oyat muhim darajada o‘sdi: tezlikning o‘sishi, xotira, telekommunikatsiya texnologiyalari. Bularning hammasi ko‘pincha global miqyosda, foydalanuvchilarga turli xil axborot resurslariga ko‘rkam interfeys yordamida, to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkonini beradi. Ushbu manbalardan foydalanish kaliti sifatida server hisoblanadi, kompyuterdagi maxsus dastur, tarmoqqa ulangan so‘rovlarni (yoki buyruqlarni) qabul qiladi va javoblarni avtomatik tarzda yuboradi. Serverdan foydalanish uchun, so‘rov yuboruvchi kishi ushbu kompyuterda ishlashi shart emas. Ko‘pchilik serverlar so‘rovlarni elektron pochta orqali qabul qilish imkoniga ega, shuning uchun foydalanuvchi hamda server bitta tarmoqda joylashgan bo‘lishi shart emas. Serverga so‘rovlarni yuborish uchun mo‘ljallangan dasturlar mijoz-dasturlar deb ataladi. Server ularga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan. Mijoz foydalanuvchi so‘rovlarini serverga junatadi, taqdim qilingan fayl turidan foydalangan holda va u yoki bu formatdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Doimiy ravishda server bilan muloqotni yanada qulay yo‘llarini taklif qilish uchun yangi mijoz - dasturlar ishlab chiqilmoqda. Masalan Netscape navigator ilovasi, Internet Explorer- mijoz dasturlari. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling