15-mavzu. Uskunaviy dasturlash texnologiyalari. Uskunaviy dasturiy ta'minot
Download 0.82 Mb.
|
Ma\'ruza №5a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turbo Basic, Quick Basic, Turbo Pascal, Turbo C.
- Microsoft Visual Basic paketi - vizual vositalani qo‘llagan holda
- Beysik tili
2.Dasturlash tizimlari
Dasturlash tizimi - bu yangi dasturlarni qaysidir aniq dasturlashtirish tilida ishlab chiqish tizimidir. Zamonaviy dasturlash tizimlari odatda foydalanuvchilarga qudratli va qulay dasturlarni ishlab chiqish vositalarini taqdim etishadi. Bularga quyidagilar kiradi: kompilyator yoki interpretator; ishlab chiqishni integrallashgan muhiti; dastur matinlarini yaratish va tahrirlash vositalari; standart dasturlar va funksiyalarning keng ko‘lamdagi kutubxonalari; sozlashga yo‘naltirilgan dasturlar, ya’ni bu dasturlar yordamida xatoliklar topiladi va ularga barham beriladi; foydalanuvchiga “do‘stona” muloqot etish muhiti; ko‘p oynali ishlash rejimi; kuchli grafik kutubxonalar; kutubxonalar bilan ishlash utilitalari; o‘rnatilgan (kiritilgan) assembler; kiritilgan ma’lumotxona xizmati; boshqa o‘ziga xos imkoniyatlar. Asosiy dasturlash tizimlari - Turbo Basic, Quick Basic, Turbo Pascal, Turbo C. So‘nggi vaqtlarda Windows ilovalar yaratishga mo‘ljallangan dasturlash tizimlari keng tarqaldi: Borland Delphi (Delfi) paketi - vizual ishlab chiqishning sifatli va juda qulay vositaga ega bo‘lgan Borland Paskal kompilyatori oilasining yorqin davomchisidir. Uning nihoyatda tezkor kompilyatori amaliy dasturlashdagi xohlagan amaliy ishni tez va samarali bajaradi. Microsoft Visual Basic paketi - vizual vositalani qo‘llagan holda Windows dasturlarni yaratish uchun mo‘ljallangan qulay va ommaviy vosita. Diagramma va prezentatsiyalarni yaratishga mo’ljallangan asboblarni o‘z ichiga oladi. Borland C++ paketi - DOS va Windows ilovalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan eng ommaviy vosita; C# paketi - yuqorida aytib o‘tilgan barcha paketlardan ko‘ra eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Quyida Beysik, Paskal va Si tillarida bitta masalani ya’ni S elementlardan tashkil topgan bir o‘lchovli massivning summasini hisoblash dasturlari keltirilgan A =(a1,a2…an). Beysik tili (BASIC—Beginners ALL-purpose Symbolic Instryction Code boshlovchilar uchun universal simvolli kod) DJ. Kemeni va T. Kurts tomnidan 1965 yilda oddiy dasturlarni yozishni yengillashtiruvchi til sifatida yaratilgan. Hozirda ba’zan BASIC o‘rniga Basic deb yoziladi, qo‘shimcha qilib boshqacha nomda talqin qilinqdi: Basic asosiy, bazali. Beysikning ko‘pgina talqini bo‘lib, ular oddiydan murrakab tillar konstruksiyasiga ega va qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Eng ko‘p tarqalgan versiyalari quyidagilar: DOS uchun Quick Basic (QBasic) 4.5 va Windows uchunVisual Basic 3.0-6.0. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling