15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari
Download 390.39 Kb.
|
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O`zbekiston, 2011. B. 32-45
B. 371). Faqat sovet davrining so`nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O`zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta.
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o`zining ko`plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni o`z bo`ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo`jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga o`tishiga olib keldi, mintaqaviy xo`jalik yuritish g`oyasini vujudga keltirdi va g`ayriintegratsion jarayonlarga turtki bo`ldi. Yillar davomida to`planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq aytaversak ham bo`ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko`p narsalarda uzilish bo`lib, juda og‟ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik" (Karimov I.A. O`zbekistoi: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O`zbekiston, 1996. B. 3). O`zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo`liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o`tish taqozo etilardi. Shunday o`ta og`ir vaziyatda, Islom Karimov O`zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq so`zlab, respublikada vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l qo`ymaydi” (Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O`zbekiston, 2011. B. 32-45). O`zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. O`zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, O`zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "O`zbekiston xalq xo`jaligini barqarorlashtirishning asosiy yo`nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb nomlanadi. Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi: aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish; respublika fuqarolarining hamjihatligini ta‘minlash, millatlararo do`stona munosabatlarni mustahkamlash; O`zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va o`zaro manfaatli asosda qayta qurish; boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya‘ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga o`tish; moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko`rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish; turli mulkchilik shakli va xo`jalik yuritishga o`tish; suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o`rnatish; o`z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama rivojlanishiga chek qo`yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash. Dasturda yuqorida sanab o`tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish mo`ljallangan edi: birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qo`yish (1990-1992 yillar); ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish (1992-1993 yillar); uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xo`jalik yuritish usullarini keng quloch yoydirish (1994-1996 yillar), Bu dasturda yetti yil davomida O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda tutilgan bo`lib, uni siyosiy mustaqillik yo`lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bo`lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O`zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o`z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida ko`rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir. O`zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so`ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so`ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, ko`plab yangi, o`tish davri bilan bog`liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o`zgarishlarni amalga oshirish, aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslashgan modeliga o`tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi. Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yo`llari, bosqichlari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o`z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "O`zbekiston: bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat: Download 390.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling