15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari
Download 390.39 Kb.
|
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat gerbi
- O` z b e k isto n Respublikasining Davlat gerbi to`g„risida”gi qonun 1992 yil 2 iyul
- Davlat madhiyasi
- Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – Toshkent: O`zbekiston, 1996.
Qizil yo`llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.
Yashil rang – serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof- muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‗p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog`imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‗lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Darhaqiqat, ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi Qonunning 2- moddasida ko`rsatilganidek, ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog`imiz xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasining timsoli bo`ladi. Binobarin, bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobaqalarida ko`tarilib, yurtimizni ulug`laydi. ―O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonunida bayroq ko`tariladigan joylar va uning ko`tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy ravishda ko`tarilgan holda turadi.O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko`tarilishi mumkin. Qonun bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilar: O`zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O`zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro`yxatidan o`tkazish raqam belgilariga; O`zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilardan O`zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o`quv-tarbiya jarayonida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog`iga o`xshash bo`lishi mumkin emas. Qonunda bayrog`imizning qanday shakl va ko`rinishda bo`lishi ham aniq ko`rsatilgan. Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i - bayroqning butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 sm.ga, kengligi 125 sm.ga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir en 40 sm.ga teng. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 sm.ga teng qizil hoshiyalar o`tgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning o`rtasidan 70x30 sm.ga teng to`g`ri to`rtburchakka sig`adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda do`ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bo`lib, diametri 30 sm.li doiraga sig`adi. Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig`adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o`rta qatorda to`rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi. Qonunda Davlat bayrog`ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat nechadan nechagacha, qanday tartibda ko`tarilishi aniq ko`rsatib qo`yilgan. Bunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bayram kunlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko`chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da ko`tariladi va soat 22 da tushirib qo`yiladi. Bayroq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a‘zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish o`tkazilayotgan binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum o`tkazish davrida ko`tarib qo`yiladi. U xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida bo`lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo`nalishi bo`yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin ko`tariladi va ular jo`nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog`i ko`tarilsa, qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i (binoning old tomoniga qarab turganda) o`ng tomondan, boshqa davlatning bayrog`i chap tomondan ko`tarilmog`i kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat bayrog`i ko`tarilganda, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan ko`tarilishi kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayroqlari ko`tarilganida, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i alohida, qolganlari esa o`zbek alfaviti bo`yicha ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i boshqa dav- latlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat bayrog`i ko`tarilganda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat bayrog`i- ning o`lchami O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining o`lchamidan katta bo`lmasligi kerak, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilish balandligi esa Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilish balandligidan past bo`lmasligi kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko`tarilganda O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o`lchamga ega bo`lishi kerak. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo`lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bo`lgan dastada, yo bo`lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko`pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko`tariladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini tayyorlash, saqlash va yo`q qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ko`tarib qo`yilgan O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo`lishi kerak. Motam munosabati bilan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i motamga moslab ko`tariladi. Bunday hollarda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo`lgan kenglikdagi qora tasma bog`lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam munosabati bilan flagshtokda ko`tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo`lagicha tushirib qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa shaxslar O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini behurmat qilganlik O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi. Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun bilan o`rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» so`zi nemischa «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» so`zi aynan shu ma‘noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, O`g`izxon o`z mol-mulkini o`g`illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo`lib berib, in‘om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham o`zlarining xonlik tamg`alariga ega edi. Ko`rinib turibdiki, «tamg`a» so`zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» so`zining ma‘nosiga to`la mos keladi. Gerb – qaysi davlatga tegishli bo`lsa, o`sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bo`lgan tasvirlar va narsalar yig`indisi. ―O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g„risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qo`shimchalar kiritilgan. O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xo`jalik, jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. Qonunda O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladigan obyektlar batafsil sanab ko`rsatilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O`zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o`quv-tarbiya jarayonida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o`xshash bo`lishi mumkin emas. O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa shaxslar O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladi. Shu tariqa, O`zbekistonning davlat gerbi ham davlat mustaqilligining ramzi bo`lib, respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda ko`rsatilgan obyektlarga tushiriladi. O`zbekistonning Konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog`i, Davlat gerbi bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud. Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat o`z madhiyasiga ega. Umuman, madhiya haqida so`z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va nima sababdan bo`lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma‘nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayrog`i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, O`zbekiston ham mustaqil davlat sifatida o`z davlat madhiyasiga ega. O`zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan. Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topdi. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublika- sining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda belgilangan vaqt va marosimlarda ijro etiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan yoki o`zga vokal va cholg`u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg`u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to`liq ijro etiladi, cholg`u asboblarining o`zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo`l qo`yiladi - ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog`i lozim. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo`lsa, hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib va o`ng qo`l kaftini ko`krakning chap tomoniga qo`yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo`lini bosh kiyimiga qo`yib tinglaydi. Agar O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ko`tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo`lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi. Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan hurmatni mustahkamlash demakdir» (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – Toshkent: O`zbekiston, 1996.). Download 390.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling