15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari
Download 390.39 Kb.
|
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
- Karimov I.A.
- Жўраев Н.
- Мустақиллик илмий-оммабоп луғат.
- Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ.
- Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси
- Қаранг: Символи государственние // Большой юридический словар / Под ред. А.Й.Сухарева, В.Д.Зоркина, В.Е.Крутских. –Москва, 1999. –623-624-б.
- Qarang: Davlat ramzlari // Mustaqillik ilmiy-ommabop lug„at. –T.: 1998. – 45 b.
- O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i 1991 yil 18 noyabrda
4-MAVZU. O`ZBEKISTON TANLAGAN MUSTAQIL RIVOJLANISH YO`LI VA
UNING AHAMIYATI. Reja: O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “O`zbek modeli” va uning o`ziga xos xususiyatlari. Tayanch iboralar. Davlat bayrog‟i. Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Konstitutsiya. Referendum. Taraqqiyotning “O‟zbek modeli”. Reforma. Bozor iqtisodiyoti. Ijtimoiy himoya. Adabiyotlar. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: ―O`zbekiston. 2019. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: ―O`zbekiston. 1996. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. -T.: ―Sharq. 1998. Karimov I.A. Bizning yo`limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo`lidir. 20-jild. -T.: ―O`zbekiston. 2012. Жўраев Н. Агар огоҳ сен... -Т.: ―Ёзувчи. 1997. Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари (даврий тўплам) №3. ЎзФА Тарих институти. -Т.: ―Шарқ. 2000. Мустақиллик илмий-оммабоп луғат. -Т.: ―Шарқ. 1998. 320 б. Ergashev Q., Hamidov H. O‘zbekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma / -T.: ―G‘afur G‘ulom. 2018. -632 b. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология. 2019. 796 б. Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: ―Янги аср авлоди. 2003. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси. -Т.: ―Шарқ. 2000. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. - Т.: ―Fan va texnologiya. 2014. 328 б. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. Davlat ramzlari haqida so`z ketganda, avvalo, uning tushunchasini aniqlashtirish lozim. Umuman, ―davlat ramzlari tushunchasi huquqiy adabiyotlarda turlicha ta‘riflanadi. Masalan, yuridik lug`atlarda quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Davlat ramzlari – Konstitutsiya yoki alohida qonun bilan mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, o`ziga xosligini ifodalovchi, ba‘zan, shuningdek, ma‘lum bir g`oyaviy ma‘noni ifodalaydigan belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig`i shtandarti, davlat muhri, davlat shiori kiradi. Ba‘zida ayrim Konstitutsiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham qo`shadilar (Қаранг: Символи государственние // Большой юридический словар / Под ред. А.Й.Сухарева, В.Д.Зоркина, В.Е.Крутских. –Москва, 1999. –623-624-б.). Shuningdek, mamlakatimizda 1998 yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug`atda ―Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va boshqa muhim belgilarini anglatadi, - deb ta‘riflanadi (Qarang: Davlat ramzlari // Mustaqillik ilmiy-ommabop lug„at. –T.: 1998. – 45 b.). Har qanday mustaqil davlat singari O`zbekiston Respublikasi ham o`z oliy davlat hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitutsiyaning 5-moddasida mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog`i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi O`zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq muhokamasidan o`tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning umumxalq muhokamasi davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog`idagi uchta asosiy ranglarni – moviy, oq va yashil yo`llarni o`z qo`li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini va bu O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining qabul qilinishida asos bo`lganligini ta‘kidlash joiz. O`zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bo`lib, ularni hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va fuqarolik burchidir. Zero, davlat ramzlarini har qanday yo`l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan. Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini to`laroq tushunib olish uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib olish kerak. Davlat ramzlari orasida Davlat bayrog`i salmoqli o`rin tutadi. Chunki u ko`zga yaqqol tashlanib, boshqa ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Davlat bayrog`i – tasviri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o`zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan belgilanadi va ma‘lum ramziy ahamiyatga ega bo`ladi. Davlat bayrog`i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari, elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z davlatining bayrog`ini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim- uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham ko`tariladi. Davlatimiz bayrog`i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004 va 2010 yillarda qator qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‗lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‗lgan eng yaxshi an‘analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‗zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‗z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‗z bayrog`iga bu rangni tanlagan. Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‗z yo‗lida baland dovonlardan oshib o‗tishi kerak. Bayrog`imizdagi oq rang yo‗limizning musaffo va charog`on bo‗lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Download 390.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling