16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari


Download 349.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana15.11.2023
Hajmi349.62 Kb.
#1776094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH

2. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug‗urta tibbiy xizmatlar uchun 
kelgusida qilinajak xarajatlarni qoplash maqsadidagi to‗lovlarni 
nazarda tutadi. Ushbu maqsadli soliqlar ish beruvchilar 
tomonidan mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug‗urta ajratmalari 
hamda ishchi-xizmatchilar tomonidan ish haqidan ijtimoiy 
sug‗urta badallari shaklida to‗lanadi va ijtimoiy tibbiy sug‗urta 
fondlarida jamlanadi. Tibbiy xizmatlarni moliyalashning bu 
manbayi ham xizmatlardan foydalanishdagi ijtimoiy adolatning 
ta‘minlanishi, barcha aholi uchun bir xil hajmdagi 
xizmatlarning kafolatlanishi, tibbiy sug‗urta fondida to‗plangan 
mablag‗larning 
qat‘iy 
maqsadli 
ishlatilishi, 
ko‗proq 
iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‗lgan ish beruvchilar 
va ishlovchilar qamrab olinishi bilan tavsiflanadi. Lekin bu 
manbadan foydalanishning ham o‗ziga xos muammolari 
mavjud bo‗lib, ular mablag‗larni to‗plash va mijozlarni himoya 
qilish uchun xarajatlarning ortib borishi, majburiy sug‗urta 
ajratmalarining mahsulot tannarxi va bahosiga ta‘sir 
ko‗rsatishi va bu holat mahsulotning raqobatbardoshligiga 
putur yetkazishi natijasida ish beruvchilar tomonidan norozi-
liklar kelib chiqishining mumkinligi kabilar bilan bog‗liq. 
3. Xususiy tibbiy sug‗urtada sug‗urtalanuvchi shaxs 
ixtisoslashgan xususiy sug‗urta tashkiloti bilan kelishilgan 
ma‘lum haq (sug‗urta mukofoti) evaziga tibbiy xizmatdan 
foydalanish bo‗yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini 
yumshatish maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi 


436 
sug‗urta badallarini sug‗urta tashkilotiga o‗tkazib boradi. 
Sug‗urtalanuvchi shaxs salomatligi yomonlashgani sababli 
xarajat qilishga majbur bo‗lganda sug‗urta tashkiloti ushbu 
xarajatlarni sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan pul summasi 
doirasida qoplab beradi. Moliyalashning bu manbayi ham qator 
o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, sug‗urta ajratmalarining 
aksariyat hollarda iste‘molchilarning to‗lash qobiliyatiga emas
ularning ehtiyojiga bog‗liqligi, mijozlarni tanlab olishga 
(iqtisodiy samara nuqtayi nazaridan boy yoki kambag‗al, 
nisbatan sog‗lom yoki kasalmand) asoslangan tabaqalashgan 
tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi, tibbiy xizmatlar 
haqini to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar hajmining ortib borishi, 
xususiy tibbiy sug‗urta mablag‗larining mamlakatdagi butun 
sog‗liqni saqlash tizimining normal faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash uchun yetarli emasligi kabi ijobiy va salbiy jihatlari 
mavjud. 
4. To‗g‗ridan-to‗g‗ri 
to‗lovlar 
iste‘molchilarning 
tibbiy 
xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari bo‗lib, tovar va xizmatlar 
sotib olishning bozor tamoyillariga asoslangan erkin uslubi 
hisoblanadi. Ushbu usul sog‗liqni saqlash tizimini mablag‗ 
bilan ta‘minlashdagi mavjud muammolarni ma‘lum darajada 
yumshatishga xizmat qiladi, ammo xizmatlar bahosi shu 
darajada qimmatlashib ketishi mumkinki, natijada risklarni 
majburiy tarzda taqsimlash zaruriyati tug‗iladi va raqobatdosh 
xususiy ixtiyoriy sug‗urtaga ehtiyoj yuzaga keladi. Pullik 
to‗lovlarga asoslangan moliyalashtirish tizimining ijtimoiy 
adolatni ta‘minlay olmasligi, risklarni umumlashtirmasligi va 
keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi, butun tizimni 
yetarli resurslar bilan ta‘minlay olmasligi kabi salbiy jihatlarini 
ham ta‘kidlash o‗rinli. 
Jahonda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning 
yuqorida sanab o‗tilgan manbalarining faqat bittasidan 
foydalanadigan hech bir mamlakat yo‗q ekanligini e‘tirof etgan 
holda shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar milliy tibbiyot 
tizimlarini moliyalashda sanab o‗tilgan u yoki bu manbaga 


437 
ustuvorlik bergan holda aralash tarzda foydalanadi. Masalan, 
Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi 
davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada 
rivojlangan bo‗lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, 
Ispaniya, Gretsiyada – byudjetdan moliyalashtirish tizimi, 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida esa xususiy tibbiy sug‗urta tizimi 
faoliyati barqaror shakllangan. MDH davlatlarida byudjetdan 
moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga 
Rossiya, Gruziya, Qirg‗iziston, Litva, Latviya, Estoniya kabi 
davlatlarda parallel ravishda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta 
joriy etilgan. 
Mutaxassislarning fikricha, tibbiyot tizimini moliyalash-
tirish manbayi sog‗liqni saqlash tizimi faoliyat yo‗nalishlariga 
va tarmoqning bajaradigan funksiyalariga mos kelishi
shuningdek, jamoat sog‗lig‗ini saqlash sektori tomonidan 
ko‗rsatiladigan barcha tibbiy xizmatlar va ma‘lum hajmdagi 
klinik xizmatlar bo‗yicha muayyan majburiyatlarni davlat o‗z 
zimmasiga olmog‗i zarur. 
Sog‗liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va 
rivojlantirishda 
davlat 
byudjetining 
ahamiyati. 
Davlat 
tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ichida fuqarolarga 
yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni ko‗rsatish bilan bog‗liq 
kafolatlar alohida o‗rin egallaydi. O‗zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
barcha 
fuqarolar 
malakali 
tibbiy 
xizmatlardan foydalanish bilan bog‗liq huquqlarga ega ekanligi 
belgilab qo‗yilgan. Ana shu huquqlarni amalga oshirishning 
zarurligi bu sohani boshqarish va moliyalashtirishda 
davlatning ustunligini belgilab beradi. 
Jahon Sog‗liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‗ra 
moliyalashning barcha manbalaridan YAIMning 7-8 foizini 
safarbar etib, mamlakatda sog‗liqni saqlash tizimining normal 
faoliyatini ta‘minlash mumkin. 

Download 349.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling