16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog„liqni saqlash tizimi moliyaviy manbalari va ularning xususiyatlari Davlat byudjeti Majburiy ijtimoiy
- Sog’liqni saqlash tizimining moliyaviy manbalari va ularning xususiyatlari Xususiy tibbiy sug’urta To‘g’ridan
va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati
Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug‗urta, xususiy tibbiy sug‗urta, to‗g‗ridan to‗g‗ri to‗lovlar (iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari). Moliyalashtirishning har bir manbasi o‗ziga xos xususiyat- larga ega, jumladan (16.3-rasm): 16.3-rasm. Sog„liqni saqlash tizimi moliyaviy manbalari va ularning xususiyatlari Davlat byudjeti Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta - byudjetdan moliyalashtirishning tibbiyot muassasalarining ishlab chiqarish quvvatlari asosida amalga oshirilishi; - ijtimoiy adolatning ta‘minlanishi; - barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi; - boshqarish va nazorat qilishning nisbatan oddiy va arzonlishgi; - moliyalashtirish tizimining maqbul va qulayligi - ijtimoiy adolatning ta‘minlanishi; - barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi; - mablag‘larni to‗plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi; - ish beruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi Sog’liqni saqlash tizimining moliyaviy manbalari va ularning xususiyatlari Xususiy tibbiy sug’urta To‘g’ridan to‘g’ri pullik to‘lovlar - ajratmalarning iste‘molchilarning to‗lash qobiliyatiga emas, ularning ehtiyojiga bog‘liqligi; - tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi; - xarajatlar hajmining oshib borishi; - butun tibbiyot tizimini qo‗llab-quvvatlash uchun mablag‘larning yetarli emasligi - adolatli emasligi; - risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi; - butuntibbiyot tizimini yetarli resurslar bilan ta‘minlay olmasligi 433 1. Davlat byudjeti. Tarixan sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (to‗liq yoki qisman) davlat tomonidan amalga oshirilgan. Davlat tomonidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga qurilgan: sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbayi davlat mablag‗lari ekanligi; sog‗liqni saqlashga yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslarning turli darajadagi byudjetlarda to‗planishi; tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning ustunligi (tibbiyot muassasasi tomonidan ko‗rsatilayotgan alohida tibbiy xizmatlarning haqini to‗lash emas, balki uning xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi); tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi va davlat tomonidan o‗rnatilgan moliyaviy tartiblarga bo‗ysungan holda ijtimoiy buyurtmaning ijrochisi ekanligi; resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi; tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va boshqarilishi; tibbiyot xodimlariga haq to‗lashda tarif usulining qo‗llanilishi; xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to‗lash tartibining davlat tomonidan tartibga solinishi; tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma‘muriy usuli o‗rnatilganligi. Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat sog‗liqni saqlash tizimi bir qator afzalliklarga ega: davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni kafolatlash yo‗li bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyasi ta‘minlanadi; tibbiy xizmat ko‗rsatish shart-sharoitlari ustidan qat‘iy davlat nazorati o‗rnatiladi; o‗ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga (ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda) ta‘sir ko‗rsatishning yuqori samaradorligi ta‘minlanadi. 434 Ammo bir qator afzalliklarga ega bo‗lgani holda davlat sog‗liqni saqlash tizimi bozor sharoitlarida ayniqsa, keskin- lashgan quyidagi kamchiliklarga ham ega: byudjetlarning nobarqaror holatlarida hamda ajratilayotgan moddiy va moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanishi sharoitida sog‗liqni saqlash tizimiga yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslar taqchilligining yuzaga kelganligi; tibbiyot xodimlari faoliyatida moddiy rag‗batlantirishning cheklanganligi, ular mehnat haqi umumiy darajasining pastligi; tibbiyot xodimlariga haq to‗lash va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish hajmlarining so‗nggi ish natijalarining hajmi va sifatiga sust darajada bog‗langanligi; mijoz tomonidan tibbiyot xodimi(vrach)ni va tibbiyot muassasasini tanlash imkoniyatining kamligi; ayrim (taqchil) tibbiy yordamni olish uchun ―sekin harakatlanadigan‖ navbatlarning mavjudligi; alohida ijtimoiy, hududiy va kasbiy fuqaro guruhlari uchun tibbiy xizmat darajasi va sifatidagi tengsizlikning yuzaga kelganligi (maxsus tibbiyot muassasalarining, yirik korxona va alohida tashkilotlar bo‗ysunuvidagi muassasalarning mavjudligi); kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika qilishning yangi usullarini joriy qilishning sustligi, ijodiy erkinlik uchun, tibbiy xizmatlarni tashkil qilishning umumiy modellarini mahalliy sharoitlar va ehtiyojlarga moslashtirish uchun sharoitlarning yetarli emasligi; moliyaviy resurslar katta qismining yaxshi jihozlanmagan, yuqori malakali kadrlarga ega bo‗lmagan, yetarlicha sifatli xizmat ko‗rsatmayotgan, ya‘ni samarasiz ishlayotgan muas- sasalarni saqlashga yo‗naltirilayotganligi; birlamchi tibbiy yordam va kasalliklarning oldini olish milliy tizimi rivojlanish darajasining pastligi, tibbiy xizmatlarni 435 ko‗rsatishning ancha qimmat turuvchi statsionar turlarining ustuvorligi, qishloq va shahar o‗rtasida sog‗liqni saqlash borasidagi jiddiy tafovutlarning mavjudligi; tibbiyot xizmatlarini ko‗rsatishdagi monopolizmning hukmronligi, iste‘molchilarning sifatsiz tibbiy xizmatlardan himoyalanmaganligi; tibbiyot sohasiga kapital qo‗yilmalar qilish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligi, inqirozlar va moliyalashtirishdagi taqchilliklar davrida tibbiy xizmat ko‗rsatish sharoitlarining yomonlashuvi. Download 349.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling