16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari


Download 349.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana15.11.2023
Hajmi349.62 Kb.
#1776094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH



423 
 
 
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG„LIQNI SAQLASH 
XARAJATLARI 
16.1. Davlatning sog„liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari 
va sog„liqni saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy 
yo„nalishlari 
Davlatning sog‗liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari. 
Ijtimoiy soha tarmoqlari ichida sog‗liqni saqlash tizimi alohida 
o‗rin 
egallaydi. 
Jahon 
Sog‗liqni 
saqlash 
tashkiloti 
ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‗ra, mamlakat sog‗liqni 
saqlash tizimining aholi salomatligini ta‘minlashdagi ta‘siri 8-
14 foiz
203
darajasida baholansa-da, bu tizimning faoliyati 
boshqa barcha ijtimoiy sohalarga qaraganda aholi manfaatlari 
bilan eng ko‗p to‗qnash keladi. 
Inson hayoti, uning manfaatlarini himoyalash bilan bog‗liq 
bo‗lgan va sog‗liqni saqlash tizimida qator yo‗nalishlarda 
amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi davlatning 
bevosita ishtirokiga, uning ushbu sohaga tashkiliy-huquqiy va 
iqtisodiy-moliyaviy aralashuviga ko‗p jihatdan bog‗liq. 
Ma‘lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan 
ne‘mat bo‗lib, har bir kishi o‗z hayoti davomida iste‘mol qilishi 
mumkin bo‗lgan tibbiy xizmatga haq to‗lash uchun qancha 
mablag‗ yig‗ib qo‗yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir 
guruh fuqarolar birlashib yoki butun bir jamiyat bu maqsadga 
mo‗ljallangan mablag‗larni jamg‗arishi mumkin.
Sog‗liqni saqlash tizimini boshqarish va moliyalashtirishda 
davlat ishtirokining obyektiv zarurligi haqida gap borar ekan
avvalo, bu tizimning faoliyat mahsuli bo‗lgan tibbiy 
xizmatlarning o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rib chiqish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi.

203
Sog‗liqni saqlash sohasi va BTSYOKni moliyalashtirish va boshqaruv tizimini isloh 


qilish. USAID/ZdravPlus Toshkent, 2005. 16-b.


424 
Birinchidan, tibbiy xizmatlarning ko‗pchiligi ijtimoiy ne‘mat 
hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda ―ijtimoiy ne‘matlar‖ 
sirasiga kiruvchi tibbiy xizmatlar jamoat sog‗liqni saqlash 
sektori tomonidan ko‗rsatiladi. Bular qatoriga kasallanish 
riskini pasaytirish, sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish va 
qo‗llab-quvvatlash, atrof-muhitni sog‗lomlashtirishga qaratilgan 
xizmatlar kiradi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarning ko‗pchiligi 
―tashqi samara‖ berish xususiyatiga ega, ya‘ni ma‘lum bir 
shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishi boshqalarning 
kasallanish riskini kamaytiradi, masalan, yuqumli hamda 
ijtimoiy xavfli kasalliklarni davolash bilan jamiyat miqyosida 
avj olishi mumkin bo‗lgan salbiy ―tashqi samara‖ning oldini 
olishga muvaffaq bo‗linadi. Shunga muvofiq ravishda jamoat 
sog‗liqni saqlash sektori an‘anaviy tarzda quyidagi funk-
siyalarni bajaradi: (1) mamlakatda va uning alohida 
hududlarida epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va yuqumli 
kasalliklarga qarshi kurashish; (2) atrof-muhitning normal 
sanitariya holatini ta‘minlash; (3) onalar va bolalar 
salomatligini muhofaza qilish; (4) sanitariya-oqartuv ishlarini 
tashkil qilish; (5) profilaktika va davolash bilan bog‗liq tibbiy 
xizmatlar haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash, umumlashtirish
qayta ishlash va shu asosda ularga bo‗lgan ehtiyojni baholash. 
Bu tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan 
holda jamoat sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish va 
nazorat qilish majburiyatini davlat o‗z zimmasiga oladi. 
Shu bilan birga ko‗pchilik tibbiy xizmatlar bozor 
sharoitidagi boshqa har qanday tovar kabi sotilishi va sotib 
olinishi, lekin tashqi samara bermagan holda alohida 
shaxslarning 
ehtiyojini 
qondirishi 
mumkin. 
Bunday 
xizmatlarga klinik sharoitlarda ko‗rsatiladigan davolash 
xizmatlari kiradi va jamoat sog‗lig‗ini saqlash xizmatlaridan 
farqli ravishda, kasallikning oldini olish va salomatlikni 
muhofaza qilishga emas, alohida kasalliklarni davolashga 
qaratiladi. Bunday xizmatlar tibbiy xizmatlar bozorida oldi-
sotdi obyekti bo‗la oladi, ammo bu munosabatlar ham tibbiy 


425 
xizmatlarning quyida sanab o‗tiladigan o‗ziga xosliklari tufayli 
davlat aralashuvini taqozo qiladi. 
Ikkinchidan, tibbiy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoj hamda 
ularning oqibatlari doimo noaniqlik bilan bog‗liq. Inson qachon 
va qanday vaziyatda kasallanishini, kasallikni davolash unga 
qanchaga tushishini, buning uchun u qancha mablag‗ 
jamg‗arib qo‗yishi lozimligini oldindan bilmaydi, odatda uning 
sog‗lig‗ini yo‗qotishga olib kelgan kasallik yoki baxtsiz hodisa u 
kutmagan vaqtda yuz beradi. Shu sababli aksariyat insonlar 
bunday holatlarda tibbiy yordamning kafolatlangan bo‗lishini 
xohlaydilar. Bu kafolatni faqat davlat bera oladi: davlat 
majburiy tibbiy sug‗urta yoki davlat byudjeti mablag‗lari 
evaziga majburiy (bepul) tibbiy xizmatlarning ko‗rsatilishini 
kafolatlaydi. Bu kafolatlar salomatligini tiklash, ayrim hollarda 
esa hayotini saqlab qolish bilan bog‗liq ko‗zda tutilmagan 
xarajatlar uchun salmoqli mablag‗ni oila byudjetidan ajrata 
olmaydigan darajada daromadlari yuqori bo‗lmagan aholi 
qatlamlari uchun ayniqsa muhimdir. Aholining muhtoj 
qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish – davlatning muhim 
vazifalaridan biri, sog‗liqni saqlash sohasida bu vazifa 
daromadlilik darajasidan qat‘iy nazar, har bir fuqaroga bepul 
ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar tarkibini belgilash shuningdek, 
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan fuqarolar: nogironligi bo‗lgan 
shaxslar, chin yetimlar, urush veteranlari va boshqalarga 
tibbiy xizmatlarni olishdagi imtiyozlarni o‗rnatish kabilarga 
qaratiladi.
Uchinchidan, axborot asimmetriyasining mavjudligi: tibbiy 
xizmatlar iste‘molchisi odatda, o‗zining sog‗lig‗i xususidagi 
muammolar va ularni hal qilish masalasida yetarli ma‘lumotga 
ham, bilimga ham ega bo‗lmaydi, uning kasalligi va davolash 
usullari haqida faqat vrach aniq ma‘lumotga ega bo‗ladi va 
natijada vrach (xizmatning ishlab chiqaruvchisi) bilan bemor 
(xizmatning iste‘molchisi)ning axborotga egaligi o‗rtasida 
nomuvofiqlik, ya‘ni axborot asimmetriyasi yuzaga keladi. 
Normal faoliyat qiluvchi bozorda iste‘molchi o‗ziga zarur bo‗lgan 


426 
ne‘matlarning hajmi va sifatini o‗zi belgilaydi, tibbiyot 
xizmatlarida esa bu ishni xizmatni ishlab chiqaruvchi – vrach 
bajaradi. Buning natijasida vrachlarning tibbiy va iqtisodiy 
manfaatlari o‗rtasida ziddiyat yuzaga keladi, ya‘ni vrach, 
o‗zining iqtisodiy manfaatlarini bemorning sog‗lig‗i bilan bog‗liq 
manfaatlaridan ustun qo‗ygan holda qimmat turuvchi 
muolajalarni tayinlashi, qimmatbaho dorilarni tavsiya etishi 
mumkin bo‗ladi. Xullas, axborot asimmetriyasi tibbiy 
xizmatlarni 
ishlab 
chiqaruvchilarni 
iqtisodiy 
jihatdan 
birmuncha qulay holatlarini va ustunliklarini ta‘minlaydi. Shu 
sababli davlat alohida vrachlar va tibbiyot muassasalari 
faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi, ko‗rsatilayotgan 
xizmatlarning minimal sifat darajasini belgilaydi, tibbiy xizmat 
ishlab chiqaruvchilarni iste‘molchilar manfaatlari yo‗lida 
harakat qilishga rag‗batlantiradi. 
16.1-rasm. Davlatning sog„liqni saqlash sohasidagi 

Download 349.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling