16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari


Download 349.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana15.11.2023
Hajmi349.62 Kb.
#1776094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH

majburiyatlari 
 
Shunday qilib, tibbiy xizmatlarning o‗ziga xosliklari bilan 
bog‗liq bo‗lgan qator holatlar mavjudki, ular mamlakatda bozor 
munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan 
bo‗lishidan qat‘iy nazar davlatning sog‗liqni saqlash tizimini 
boshqarish, uning faoliyatini tashkil etish va moliyalash-
Mamlakat miqyosida sog‘liqni 
saqlash sektori uchun resurslarning 
safarbar etilishini ta‘minlash 
Aholiga davlat tomonidan kafolat-
langan asosiy tibbiy xizmatlarni 
taqdim etish va ularni moliyalash-
tirish yuzasidan javobgarlik 
Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xiz-
matlar ko‗rsatish va ularni moliyalash va sh.k. 
Turli mulk shakllaridagi tibbiyot 
muassasalari faoliyatining me‘yo-
riy-huquqiy bazasini yaratish 
Tibbiy xizmatlarning sifat 
standartlarini joriy qilish va ularga 
rioya etilishini nazorat qilish 
Davlatning sog‘liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari 


427 
tirishda ishtirok etishini obyektiv tarzda zarurligini belgilab 
beradi. Shuning uchun ko‗pchilik mutaxassislarning va xalqaro 
ekspertlarning fikricha, sog‗liqni saqlash sohasida davlat 
quyidagi majburiyatlarni o‗z zimmasiga olishi zarur (16.1-
rasm): 
Sog‗liqni 
saqlash 
tizimidagi 
islohotlarning 
asosiy 
yo‗nalishlari Salomatlik insonning jismoniy, aqliy va ruhiy 
layoqatining yuqori darajasini ta‘minlaydi va uning to‗laqonli 
yashashining garovi hisoblanadi. Aholi salomatligi mamlakat 
iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Faqat 
sog‗lom kishigina to‗laqonli mehnat qilib, o‗zi, oilasi va 
pirovardida jamiyat farovonligini ta‘minlay oladi. Shu sababli 
aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini 
yanada yaxshilash masalalari hukumatning doimiy diqqat 
markazida turadi.
Bu borada ―Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
rahnamoligida amalga oshirilgan xalqimizning munosib hayot 
sifatini ta‘minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har 
tomonlama sog‗lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini 
oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 
Mustaqillik yillarida hayotga tatbiq etilgan keng ko‗lamli 
islohotlar samarasida sog‗liqni saqlash tizimi tubdan 
o‗zgardi‖
204
, - deb ta‘kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev. 
Mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida aholi o‗rtasida 
turli kasalliklar tarqalishining zarur profilaktikasini ta‘minlash, 
aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish samaradorligi va sifatini 
tubdan yaxshilash, birlamchi va shoshilinch tibbiy yordam 
ko‗rsatish bo‗yicha zamonaviy tizimni shakllantirish va 
rivojlantirish, 
tibbiyot 
muassasalarining 
moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, tibbiyot tizimining zamon talablarga 
javob beradigan oqilona tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, 

204
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-yanvar kuni 


sog‗liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi 
nutqidan. Manba: http://uza.uz 


428 
shifokorlik kasbini ulug‗lash, tibbiy xodimlarning mashaqqatli 
mehnatini munosib rag‗batlantirish kabi masalalarga alohida 
e‘tibor qaratildi.
Bundan tashqari davlat sog‗liqni saqlash tizimida olib 
borilayotgan islohotlar doirasida tizimni boshqarish va 
moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, uning 
moddiy-texnik holatini, birinchi navbatda, birlamchi tibbiy-
sanitariya yordami muassasalarini byudjetdan tashqari 
mablag‗lar hisobidan zamonaviy tibbiy texnika va davolash 
vositalari, diagnostik apparatlar bilan jihozlanish holatini 
yaxshilash maqsadida hukumat tomonidan bosqichma-bosqich 
―Salomatlik-1‖, ―Salomatlik-2‖ va ―Salomatlik-3‖ loyihalari 
amalga oshirildi va bugungi kunda ham ushbu loyihalar 
doirasidagi ishlar davom etmoqda.
―Bebaho boylik bo‗lgan xalqimizning sog‗lig‗ini saqlash 
maqsadida 2015-yilda 141 ta tibbiyot muassasasini qurish, 
rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash uchun 
qariyb 500 milliard so‗m mablag‗ sarflandi. Qishloq vrachlik 
punktlarini optimallashtirish va zamonaviy diagnoztika va 
davolash uskunalari bilan jihozlash ishlari nihoyasiga 
yetkazildi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 
natijasida keyingi besh 
yilda mamlakatda har 
100 mingta chaqaloqqa 
nisbatan onalar o‗limi 
23,1 dan 19 taga, 5 
yoshgacha bo‗lgan bola-
lar o‗limi 14,8 tadan 
13,9 taga, chaqaloqlar 
o‗limi 11 tadan 10,7 
taga kamaydi. Ushbu 
―Bugun zamon o‗zgarmoqda, odamlarning talabi 
oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati 
yuksalib, eng so‗nggi usul va rusumlarda tibbiy 
xizmat ko‗rsatilishini istaydi. Bizga shu ham 
bo‗laveradi, degan tushuncha endi o‗z umrini o‗tab 
bo‗ldi. Bu barcha sohalar qatori, tibbiyot sohasiga 
ham bevosita daxldor. Shu bois soha xodimlari 
tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini, 
davolash usullarini o‗zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan 
yutuqlarga mahliyo bo‗lib o‗tirish taraqqiyot 
yo‗lidagi eng katta g‘ovdir‖. 

Download 349.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling