16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
-jadval Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlarining xarajat
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
16.3-jadval Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlarining xarajat guruhlari bo„yicha tarkibi va tuzilishi 209 (mlrd.so‗mda) Ko„rsatkichlar 2017-y. jamiga nisbatan foizda 2018-y. (prognoz) jamiga nisbatan foizda Sog‗liqni saqlash xarajatlari- jami 6 882,90 100 9 562,00 100 Sog‗liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash jamg‗armasiga ajratmalar 552,6 8,0 803,6 8,4 Sog‗liqni saqlash muassasalari xodimlarining oylik ish haqi va ish haqidan ajratmalar 4 989,90 72,5 5 802,60 60,7 Dori vositalari, tibbiyot buyumlari, vaksina va bakpreparatlar sotib olish 376,4 5,5 914,6 9,6 Oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish 161,9 2,4 199,8 2,1 Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasiga ajratmalar 192,8 2,8 215,9 2,3 Asosiy vositalarni sotib olish 55,2 0,8 61,8 0,6 Kommunal xarajatlar 82,7 1,2 88,7 0,9 Boshqa xarajatlar 471,4 6,8 1475 15,4 O‗zbekiston Respublikasining ―Fuqarolar sog‗lig‗ini saqlash to‗g‗risida‖gi qonunida davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko‗rsatilishi belgilangan bo‗lib, 209
Moliya vazirligining hisobot ma‘lumotlari asosida tuzildi. Manba: www.mf.uz - O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti. 441 davlat byudjeti mablag‗lari aynan ana shu xizmatlarni va ularni taqdim etuvchi muassasalarni mablag‗ bilan ta‘minlash uchun yo‗naltiriladi. Qonunga ko‗ra davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi: shoshilinch, kechiktirib bo‗lmaydigan tibbiy yordam ko‗rsatish; sog‗liqni saqlash tizimining birlamchi bo‗g‗inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda, qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‗rsatish; aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash; ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sog‗ligiga xavf tug‗diruvchi sil, xavfli o‗sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik hamda kasb kasalliklariga duchor bo‗lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‗rsatish; bolalarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash (pullik muassasalardan tashqari); 15-17 yoshdagi o‗smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarining yo‗llanmalari bilan chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash; homiladorlarga tibbiy xizmat ko‗rsatish (pullik muassasalardan tashqari); bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush faxriylari, chin yetimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish. Shuningdek, hukumatning tegishli qarorlari bilan davlat davolash-profilaktika muassasalarida bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish belgilangan fuqaro toifalari, turg‗un davolash muassasalarida ovqatlanish hamda dori-darmon bilan ta‘minlanish uchun to‗lovdan to‗liq yoki qisman ozod qilinadigan fuqaro toifalari va kasallik turlari belgilangan bo‗lib, ular haqidagi ma‘lumotlar ushbu o‗quv qo‗llanmaning 2- ilovasida keltirilgan. 442 Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning miqdori va sifatini yaxshilash bilan birga ―yuqori texnologik ixtisos- lashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko‗z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‗ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‗rsatmoqda‖ 210 . Respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‗nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖ qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli jamg‗armalari mablag‗lari hisobidan 373,5 milliard so‗m hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‗lari va grantlari hisobidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‗ ajratilishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, shundan 60 milliard so‗m mablag‗ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlashga va 97 210
Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3071-sonli qarori. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda. 443 million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‗naltiriladi‖ 211 . Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun sog‗liqni saqlash tizimi qanday manbalar hisobidan moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat kasb etmaydi, ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini to‗la qondirishi; tibbiy yordamning hammabopligi; tibbiy xizmatning yuqori va kafolatlangan sifati; tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog‗liqni saqlash resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo‗lishi; davlat kafolatlari doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy darajasini ta‘minlashi zarur. Sog‗liqni saqlash sohasidagi islohotlar ham shu maqsadlar yo‗lida amalga oshiriladi. Download 349.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling