16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
Tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun mehnatga haq
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
Tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun mehnatga haq
to„lash bo„yicha razryadlar 215 Lavozimlar nomi Razryad Kichik tibbiy xodimlar 1. Barcha nomlardagi sanitarka va boshqa kichik tibbiyot xodimlari 1 2.Bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshira 1 3. Xo‗jalik bekasi 2 O‗rta tibbiy xodimlar 1. Tibbiy ro‗yxatdan o‗tkazuvchi, dezinfektor 2 2. Barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi, feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim - toifasiz 2 - II toifa 3 - I toifa 4 - oliy toifa 5 3. Operatsiya hamshirasi, anestezist-hamshira, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‗limlari hamshirasi, tug‗ruqxona(bo‗lim)ning 215
―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-sonli qarori tahririda - O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2006-y., 28-29- son, 274-modda. 451 akusherkasi, sanitariya vrachining yordamchisi, parazitolog vrachning yordamchisi, entomologning yordamchisi - toifasiz 3 - II toifa 4 - I toifa 5 - oliy toifa 6 4. Bo‗lim (filial) feldsheri, akusherkasi; katta tibbiy hamshira, katta feldsher, katta akusherka; tish vrachi, shoshilinch yordam katta feldsheri, hamshiralik ishi mutaxassisi, нetakchi tibbiy hamshira - toifasiz 4 - II toifa 5 - I toifa 6 - oliy toifa 7 Vrach xodimlar 1. Mutaxassis vrach - toifasiz 6 - II toifa 7 - I toifa 8 - oliy toifa 9 2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg; tezkor faoliyatni ta‘minlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradigan anesteziolog-reanimatolog vrach; davolash tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam ko‗chma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi - toifasiz 7 - II toifa 8 - I toifa 9 - oliy toifa 10 Tibbiyot xodimining yuqoridagi tarmoq tarif setkasi bo‗yicha aniqlangan bazaviy tarif stavkasi u ishlaydigan muassasaning mehnatga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalarining qaysi guruhiga mansubligiga ko‗ra tuzatish koeffitsientini qo‗llagan holda oshiriladi. Sog‗liqni saqlash muassasalari guruhlari bo‗yicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qo‗llaniladi: Muassasa guruhi Tuzatish koeffitsienti I-guruh 1,0 II-guruh 1,03 III-guruh 1,05 IV-guruh 1,15 452 Shunday qilib, tibbiyot xodimining ish haqi miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga (kichik va o‗rta tibbiy xodimlar, vrachlar), uning malaka toifasiga (toifasiz, 2-malaka toifali, 1-malaka toifali, oliy malaka toifali) va muassasaning guruhiga (I-, II-, II-, IV-guruh) bog‗liq bo‗ladi. Sog‗liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‗rinbosarlari, shuningdek, bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‗lash bo‗yicha tarif setkasi bo‗yicha razryad sog‗liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalash- tiriladi. Sog‗liqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi to‗g‗risidagi nizom, shuningdek tasdiqlangan tarmoq tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to‗lash razryadlari va tarif koeffitsientlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmog‗i uchun – xizmat ko‗rsatiladigan aholi sonini hamda kasalxona muassasalari uchun – davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining qo‗shma qarori bilan tasdiqlanadi. Sog‗liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli bo‗lmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi bo‗linmalarining (buxgalteriya, iqtisodiy bo‗limlar, kadrlar bo‗limi, muhandislik inshootlari, asbob-uskunalarni ta‘mirlash va ularga xizmat ko‗rsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga Masalan, ixtisoslashtirilgan statsionar muassasada ishlovchi oliy malaka toifasiga ega bo‗lgan operatsiya qiladigan vrach-xirurgning bazaviy ish haqi miqdori amaldagi eng kam ish haqi miqdorini 10-razryadga to‗g‘ri keluvchi tarif koeffitsiyentiga va ixtisoslashtirilgan statsionar muassasa taalluqli bo‗lgan III-guruhning tuzatuvchi koeffitsiyentiga ko‗paytirish orqali aniqlanadi: EKIH 7,629 1,05 = bazaviy ish haqi miqdori 453 haq to‗lash Mehnatga haq to‗lash bo‗yicha Yagona Tarif Setkasi asosida barcha byudjet tashkilotlaridagi kabi amalga oshiriladi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari xodimlari ish haqini hisoblashda ularning asosiy ish haqlariga qo‗shimcha va ustamalar tizimi amal qiladi. Ularning miqdorlari tegishli me‘yoriy-huquqiy hujjatlar (masalan, ―O‗zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖) bilan o‗rnatiladi, odatda bu ustama va qo‗shimcha to‗lovlar amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan foizlarda hamda tibbiyot xodimining bazaviy lavozim okladiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Bu ustama haqlar va qo‗shimcha to‗lovlar: mehnatning sog‗liq uchun xavfliligi va o‗ta og‗ir sharoitlari uchun; sog‗liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‗linmalariga mudirlik qilganlik uchun; ilmiy darajaga ega bo‗lganligi yoki "O‗zbekiston Respublikasida xizmat ko‗rsatgan sog‗liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni uchun; turg‗un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda va bayram kunlari ishlaganligi uchun; alohida muassasalar, bo‗linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun; maslahatlar berganligi uchun va boshqa holatlarda o‗rnatiladi. Tibbiyot muassasasining moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi qarori hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va 454 tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‗batlantirish maqsadida 2006-yil 1-yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari hisoblangan barcha tibbiyot muassasalarida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi. Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablag‗lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‗lgan qismi; homiylik va donor tashkilotlaridan hamda pullik davolash va xizmatlar ko‗rsatishdan tushadigan mablag‗lar; tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashda tejalgan byudjet mablag‗lari. 16.6-jadval Download 349.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling