16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
16.4. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini
moliyalashtirish tajribalari Jahon amaliyotida mamlakatdagi sog‗liqni saqlash sohasini moliyalashtirishning quyidagi modellari shakllangan: Birinchi model – xususiy tibbiy sug‗urtaga asoslangan model bo‗lib, bu modelda sog‗liqni saqlash xizmatlari asosan aholining shaxsiy mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Tibbiy xizmatlarga bo‗lgan talabni qondirishning asosiy vositasi bozor hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, yolg‗iz qariyalar, turli kasalliklarning tarqalishiga qarshi profilaktika tadbirlari esa davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu model AQSHda ustuvor darajada amal qiladi. Ikkinchi model tibbiyot sohasi xarajatlarini davlat ijtimoiy sug‗urtasi mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish modeli bo‗lib, bunda sug‗urta badallari majburiy soliqlar shaklida yig‗iladi, ushbu yig‗ilgan mablag‗larni taqsimlash davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Buyuk Britaniya, Kanada, Italiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda amal qiladi. Uchinchi model aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga, bozor munosabatlariga asoslangan holda ijtimoiy sug‗urtani keng joriy qilish hamda sog‗liqni saqlash tizimini ko‗p kanalli moliyalashtirish modeli bo‗lib, bir qator mamlakatlarning milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashtirish amaliyotiga keng joriy qilingan. Bunda davlat aholiga, ularning daromadlilik darajasidan qat‘i nazar, tibbiy xizmat olishlarini kafolatlaydi. Bu modelning asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil qiladi. Xorijiy tajribalar shuni ko‗rsatadiki, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish xarajatlari turli manbalardan amalga oshiriladi: – davlat byudjeti; – majburiy tibbiy sug‗urta; – xususiy tibbiy sug‗urta; 458 –tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri pullik to‗lovlar. Jahon mamlakatlarida sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yuqorida sanab o‗tilgan manbalarining sof holda faqat bittasidan foydalanmaydi. Milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashtirishda barcha davlatlar sanab o‗tilgan manbalardan aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan. Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada byudjetdan moliyalashtirish tizimi keng tarqalgan. AQSHda esa xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi davlatlarida byudjetdan moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, Qirg‗iston, Rossiya, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya kabi mamlakatlarda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy etilgan. Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari (S. Hakansson, V. Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L. Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen, H. Zollner) tomonidan turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan: ―Universallashgan model‖ (Buyuk Britaniya, Irlandiya, qisman Daniya) – milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy qismi umumiy soliqlar evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot xizmatlari asosan davlat sog‗liqni saqlash muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan kontrakt asosida yollanadi. ―Kontinental model‖ (Germaniya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash muassasalari asosan ish haqi fondidan ajratiladigan ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari evaziga moliyalashtiriladi. Ularning ulushi jami sog‗liqni saqlash xarajatlarining ¾ qismiga teng. ―Janubiy model‖ (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman Italiya) – sog‗liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish 459 haqi fondi va bandlikka ko‗maklashish fondiga to‗g‗ri keladi. tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga qarashli bo‗lgan, ham xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi. ―Skandinaviya modeli‖ (Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) – sog‗liqni saqlash xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga qoplanadi (markaziy va mahalliy byudjetlar darajasida). Bunda tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish haqiga to‗g‗ridan to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga qarashli, ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‗rsatiladi. ―Xususiy model‖ (AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi xarajatlari asosan fuqarolar hisobidan, qisman esa, davlat mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot xizmatlarini taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri keladi. ―Iqtisodiyoti o‗tish sharoitidagi davlatlar modeli‖ (Sharqiy Yevropa, MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) - ushbu davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi, shuningdek qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasi pullik xizmat ko‗rsatish institutlariga o‗tkazilmoqda. Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish, aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va vositalari shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan ajratilgan iqtisodiy resurslarning miqdori va sifati hamda sog‗liqni saqlash tizimida ulardan foydalanish samaradorligi mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi. Quyida keyingi yillarda sog‗liqni saqlash tizimiga eng ko‗p mablag‗ ajratadigan mamlakatlar reytingini keltiramiz: 1. Amerika Qo‗shma Shtatlari. AQSHda sog‗liqni saqlash sohasiga xarajatlarning aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan miqdori 9 451 AQSH dollarini tashkil qiladi. AQSH jahon miqyosida ko‗pgina sohalarda katta mavqega ega bo‗lgan eng 460 rivojlangan mamlakat bo‗lish bilan birga, o‗z fuqarolariga universal va keng qamrovli tibbiy sug‗urta tizimini kafolatlamaydigan yagona rivojlangan davlat hisob- lanadi. Amerika tibbiyot tizimida hayron qolarli darajada yutuqlarga ega bo‗lgani bilan, millionlab amerikaliklar bu yutuqlar- dan, tibbiy xizmatlarning nihoyatda qimmatligi bois, foydalana olmaydilar. Mam- lakat fuqarolarining ijti- moiy muhofazaga muhtoj qatlamlari uchun AQSH huku-mati ikkita maxsus tibbiy dasturni – ―Medicaid‖ va ―Medicare‖ dasturlarini taqdim etadi. 2. Shveytsariya. Mamlakatda sog‗liqni saqlash xarajatlarining aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan miqdori 6935 dollarni tashkil qiladi. Shveytsariya sog‗liqni saqlash tizimining asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil qiladi. U butun mamlakat hududi bo‗ylab barcha aholi uchun majburiydir. Mamakat sug‗urtalangan aholi soni bo‗yicha dunyoda 1-o‗rinni egallaydi. Bu yerda tibbiyot sug‗urtasi xususiy, lekin davlat uchun ham, fuqarolar uchun ham juda qulay tashkil etilgan. U aholi salomatligi bo‗yicha yuzaga keladigan har qanday muammo bo‗yicha aniq kafolatlar va keng imkoniyatlar beradi. Mamlakatda majburiy tibbiy sug‗urta bilan 130ga yaqin sug‗urta kompaniyalari shug‗ullanadi, ular o‗rtasidagi raqobat juda kuchli. Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida faoliyat yuritish uchun sug‗urta kompaniyalari qator zaruriy talablarga javob berishi va Federal ijtimoiy sug‗urta ofisida ro‗yxatdan o‗tishi zarur. Download 349.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling