16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
“Medicaid” – muhtoj aholiga tibbiy xizmat
ko‗rsatishning davlat dasturi. Shtatlar darajasida federal hukumatning qo‗llab-quvvatlashi hisobidan amalga oshiriladi. Dastur rasmiy o‗rnatilgan muhtojlik chizig‘idan past daromadli aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatishga qaratilgan. “Medicare” – 65 yosh va undan katta aholi uchun AQSh milliy tibbiy sug‘urta dasturi. ―Medicare‖ dasturi korporatsiyalar foydasidan soliq, progressiv daromad solig‘i va xodimning ish haqidan soliqlardan ajratmalar hisobidan moliyalashtiriladi. Ko‗pchilik kasalxonalar daromadlarining taxminan yarmi ushbu dastur hisobidan shakllanadi. 1960-yildagi Kerr-Mills qonuniga (Kerr- Mills Act) asosan 1965-yildan buyon amal qiladi. 461 3. Germaniya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 5267 dollarni tashkil qiladi. Germaniya aholisining katta qismi davlat tibbiy sug‗urta kompaniyalari tomonidan sug‗ur- talangan. Germaniyada pensiya sug‗urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‗urta, ishsizlik sug‗urtasi bilan bir qatorda, davlat tibbiy sug‗urtasi nemis ijtimoiy sug‗urta tizimining asosiy tarkibiy qismi va nemis sog‗liqni saqlash tizimining asosiy bo‗g‗inlaridan biri hisoblanadi. Germaniyada barcha ishlovchi va boshqa aholi guruhlari uchun majburiy tibbiy sug‗urta amal qiladi. Ayrim holatlarni hisobga olib, tibbiy sug‗urta sug‗urtalovchi tomonidan ihtiyoriy ravishda tanlanishi mumkin. Masalan, bir guruh aholi qatlamlari: xususiy kompaniyalarning rahbarlari, jamoat lavozimlarida, davlat ijtimoiy tuzilmalarida ishlaydigan shaxslar xususiy tibbiy sug‗urtalanish huquqiga ega bo‗lib, ularning daromadlari davlatning majburiy sug‗urtasidan voz kechib, xususiy tibbiy sug‗urta tizimiga o‗tish imkonini beradi. Xususiy tibbiy sug‗urta davlat tibbiy sug‗urtasiga qaraganda ancha keng tibbiy xizmatlar turlarini taklif qiladi va sug‗urta polisining summasi ham shunga qarab turlicha bo‗lishi mumkin. Sug‗urta badallarining miqdori ham sug‗urtalanuvchi shaxs umumiy salomatligining holati, jinsi va yoshiga bog‗liq bo‗ladi. 4. Shvetsiya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 5228 dollarni tashkil qiladi. Sog‗liqni saqlash tizimining natijalarini baholaydigan ko‗rsatkichlar ichidagi o‗rtacha umr ko‗rish davomiyligi ko‗rsatkichi bo‗yicha Shvetsiya Yevropadagi eng yuqori o‗rinlarning birini egallaydi. Bugungi kunda ushbu ko‗rsatkich ayollar bo‗yicha 83,5 yoshni, erkaklar bo‗yicha 78,8 yoshni tashkil qilmoqda va yetarlicha yuqori bo‗lish bilan birga yildan yilga oshib bormoqda. Shvetsiyada sog‗liqni saqlash tizimi soliq to‗lovchilar tomonidan moliyalashtiriladi, bunda tibbiy xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq xarajatlarning asosiy qismi munitsipalitetlar va davlat zimmasida bo‗lib, aholi tibbiy xarajatlarning an‘anaviy belgilangan juda kam miqdorini to‗laydi. 462 5. Fransiya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 4407 dollarni tashkil qiladi. Frantsiyada tibbiy xizmatlarni taqdim etish va moliyalashtirishning davlat va xususiy sektorini o‗z ichiga oluvchi murakkab tizimi amal qiladi. Tizim majburiy tibbiy sug‗urta tamoyillariga asoslangan, shuningdek, ihtiyoriy sug‗urta ham kattagina ulushni tashkil qiladi. Turli-tuman va cheklanmagan tibbiy xizmatlarning turlari nafaqat turg‗un davolash muassasalari tomonidan, balki ambulatoriya sharoitida ham ko‗rsatiladi. 6. Yaponiya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 4150 dollarni tashkil qiladi. Yaponiya sog‗liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar, turli kasalliklar bo‗yicha tekshiruvlar, shu jumladan, tug‗ishgacha bo‗lgan tibbiy xizmat va kuzatuv, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash xarajatlari, bemorlar tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri to‗lovlarsiz, davlat va mahalliy hukumatlar tomonidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi. Shaxsiy tibbiy xizmatlar bo‗yicha to‗lovlar universal tibbiy sug‗urta tizimi bo‗yicha taklif qilinadi, ularda ishtirok etish uchun hukumat komitetlari tomonidan barchaga teng imkoniyatlar va yig‗imlar o‗rnatilgan. Ish beruvchi tomonidan beriladigan tibbiy sug‗urtaga ega bo‗lmagan shaxslar mahalliy hokimiyat organlari tasarrufidagi milliy tibbiy sug‗urta dasturlarida ishtirok etishlari mumkin. 7. Buyuk Britaniya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 4003 dollarni tashkil qiladi. Sog‗liqni saqlash xarajatlarining 82 foizi umumiy soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi, aholining katta qismi tibbiy xizmatlardan mutlaqo bepul foydalanadi. Tibbiyot muassasalari xarajatlarining qolgan 18 foizi ularning tijorat faoliyatlaridan tushumlar, davlat tibbiy sug‗urtasi, homiylik badallari hisobidan moliyalashtiriladi. Milliy tibbiyot xizmatlaridan 90 foiz aholi foydalanadi. 10 foiz aholi xususiy tibbiyot klinikalariga murojaat qiladi. Buyuk Britaniyada xususiy tibbiyot amaliyoti ham yetarli darajada rivojlangan va davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi, lekin umumiy tibbiy xizmatlar 463 tarkibida katta ulushga ega emas, mamlakatning butun hududi bo‗yicha 300ga yaqin xususiy tibbiy klinikalar faoliyat ko‗rsatadi. 8. Ispaniya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 3153 dollarni tashkil qiladi. O‗rtacha umr ko‗rish davomiyligi bo‗yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‗yicha 1-o‗rinni egallaydi. Umr ko‗rish davomiyligiga, shubhasiz, O‗rta yer dengizining ta‘siridagi iqlim sharoitlari va dengiz mahsulotlariga qurilgan parhez omillari katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shuningdek, Ispaniyaning sog‗liqni saqlash tizimi ham nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda klinikalarning jihozlanishi, texnologiyalarning qo‗llanilishi, mutaxassislarning kasbiy salohiyati kabi ko‗pgina ko‗rsatkichlar bo‗yicha eng yaxshi tizimlardan biri sanaladi. Bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga aholining barcha qatlamlari, ishlovchi xodimlar, bolalar, nogironlar, pensionerlar birdek egadirlar. 9. Rossiya. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 1369 dollarni tashkil qiladi. Rossiyada majburiy tibbiy sug‗urta tizimi amal qiladi. Majburiy tibbiy sug‗urta davlat ijtimoiy sug‗urtasining ajralmas qismi hisoblanadi va Rossiya Federatsiyasining barcha fuqarolariga majburiy tibbiy sug‗urta hisobiga tibbiy sug‗urta dasturlariga mos keladigan miqdor va shartlarda tibbiy yordam va dori-darmon olish uchun teng imkoniyatlarni beradi. 10. Meksika. Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 1052 dollarni tashkil qiladi. Meksikada fuqaro salomatligini ta‘minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususiy klinikalar va kasalxonalar AQSH standartlari bo‗yicha qurilgan va jihozlangan bo‗lib, eng zamonaviy talablarga javob beradi. Meksikada ko‗plab sug‗urta kompaniyalari mavjud bo‗lob, ular har oylik to‗lovlar evaziga shaxsiy tibbiy sug‗urtani taklif qiladilar. Bunda sug‗urta summasi va mijozning yoshi qancha katta bo‗lsa, har oylik sug‗urta badali ham shuncha katta bo‗ladi. Badal miqdoriga boshqa ommillar ham ta‘smir ko‗rsatishi mumkin. 464 Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sog‗liqni saqlash tizimining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun ko‗plab rivojlangan davlatlarning tibbiyot sohasiga iqtisodiy resurslar va moliyaviy mablag‗larni safarbar etish modellari va usullarini chuqur o‗rgangan holda, bu boradagi ijobiy tajribalarni yurtimizda ham tatbiq etish, pirovardida tibbiyot sohasida ijtimoiy adolat va iqtisodiy samaradorlik o‗rtasida muvozanatning ta‘minlanishiga erishish zarur. Download 349.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling