16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Download 27.47 Kb.
bet4/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

TUT DARAXTI ZARARKUNANDALARI

Tut daraxti zararkunandalari zararlash turiga qarab, barg shirasini so‘ruvchi, tut tanasini va ildizlarini kemiruvchi hasharotlarga bo‘linadi.
So‘ruvchi zararkunandalar.
Komstok qurti (Psedococcus somstocki Kuw.) (Psudococcidae — chervetslar oilasi, Homoptera — teng- qanotlilar turkumi)
Hasharotning nomi amerika entomolog olimi Dj. G.Komstok nomiga qo‘yilgan. Bu eng xavfli karantin hasharotlardan hisoblanadi. Tut daraxtidan tashqari, 300 dan ortiq meva daraxtlari, butasimon mevalar, sabzavot ekinlari, gullar va boshqalarning mevasi, bargi, tanasi va novdalari hamda ildizining shirasini so‘rib zararlaydi.Tut daraxtining turli qismida to‘da-to‘da yoki tarqoq holda komstok qurtining mumsimon chiqindisi osilib yotadi. Tut bargini so‘rib, axlati bilan ifloslab, uning sifatini yomonlashtiradi, barglar sarg‘ayadi, hosili kamayadi, hatto qurib to‘kilib ketadi. Zararlangan bargniyegan ipak qurti kasallikka yo‘liqadi. Ipakchilik ilmiy tekshirish institutining ma’lumotiga ko’ra, komstok qurti tushgan tut daraxtining hosili 35-45% gacha kamayadi.
Komstokning urg‘ochi qurti qanotsiz, 5 mm uzunlikda, oval- cho‘zinchoq shaklda, gir atrofida 17 juft o‘siqchasi bor, shundan ostki bir jufti uzunroq, qurtning tanasi paxtaga o‘xshagan momiq bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Erkagi 1-1,5 mm uzunlikda, bir juft qanotli, qizg‘ish jigarrang tusli bo‘ladi. U daraxtlar tanasidagi kovaklarda, po‘stloq orasida, shoxlari va ildizining shikastlangan joylarida tuxum holatida qishlaydi. Mart oxiri, aprel boshlari, ya’ni tut kurtaklarining yozilishi va birinchi barg hosil bo‘lishi davrida tuxumdan qurt chiqadi. Ular 2-3 kungacha mumsimon xaltachalarda turib, so‘ngra o‘rmalab barglarning orqa tomonini, yaralangan novda, shox qo‘ltiqlarini zararlaydi. Bachki novdalarga borib to‘planadi va ularning shirasini so‘radi.
Komstok qurti, asosan 3 marta to‘liq nasl beradi. Birinchisida 400-600 ta, ikkinchisida 250-340 ta va uchinchisida 220-260 ta tuxum qo‘yadi. Oxirgi nasl tuxumlar qishlab qoladi. Odatda, qishki sovuq ta’sirida, parazitlar va qushlarga yem bo‘lishi tufayli bu qurtning 95 - 98%i nobud bo‘ladi. Lekin hasharot sertuxum bo‘lganligi uchun kuzgacha yana ko‘payib ketadi. Komstok qurti, tut ko‘chatlari, mevasi, qalamchalariga yopishadi va odam, qushlar hamda boshqa hasharotlar orqali boshqa tut daraxtlariga tarqaladi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling