16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Tut odimchasi (Apocheima sinerarius Ersch)


Download 27.47 Kb.
bet7/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

Tut odimchasi (Apocheima sinerarius Ersch)
Bu hasharot 20 dan ortiq turga: meva va o‘rmon daraxtlariga, jumladan, tutga juda katta zarar yetkazadi. Uning qurti tut kurtaklari va barglarini kemirib, yeb, daraxtni mutlaqo bargsiz (yalang‘och) qilib qo‘yishi mumkin. Bu zararkunanda tut oziq manbayini kamaytirish bilan bir qatorda, daraxtlar umrining qisqarishiga ham sabab bo‘ladi. U ipak qurtiga nisbatan ko‘p barg yeydi.
Tut odimchisi erkak kapalagining yaxshi rivojlangan ikki juft qanoti bo‘lib, ularda uchta qoramtir to‘lqinsimon chiziqlari bor, kulrang tanasi to‘q chiziq bilan qoplangan, urg‘ochisi qanotsiz.
Qurti yashilrangda, besh juft oyog‘i bo‘lib, ulardan uch jufti ko‘krak qismidava ikki juft soxta oyoqlari tanasining orqa uchida joylashgan. Urug’langan qurtning uzunligi 3­4 sm keladi. Tut odimchisining g‘umbagi qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, uzunligi 1-2 sm. G‘umbagining bosh tomonida do‘mboqchasi, orqa tomonida ayrim tikanchasi bor. Hasharot g‘umbaklik davrida daraxtlar tagida qishlaydi. Fevral-mart oyida harorat + 14°C bo‘lganda g‘umbakdan kapalaklar uchib chiqadi va daraxtlarning po’stlog’i ko’chgan, yorilgan joylariga 400-800 tagacha bir-biriga yopishgan holda to‘da-to‘da qilib tuxum qo‘yadi. Olma, o‘rik va tut kurtagi bo‘rta boshlaganda, tuxumdan 20-35 kundan keyin qurtlar chiqib, kurtaklarni va keyinchalik barglarni yeydi. Qurtlar 30-40 kun oziqlanadi. Aprelning oxiri -mayning birinchi yarmida daraxtdan tuproqqa tushib, uning ichida g‘umbakka aylanib qishlaydi. Tut odimchisi yoz davomida bir marta nasl beradi. Uning qurti va kapalagini qarg‘a, chumchuqlar yeb kamaytiradi, yangi urug‘dan chiqqan qurtlarning ma’lum qismi yog‘ingarchilik va sovuqda nobud bo‘ladi.
Tengsiz ipak qurti (Ocneria dispar L.)
(Orgyidae — volnanka oilasi, Lepidoptera — tangaqanotlilar turkumi)
Bu qurtning erkak va urg‘ochi kapalaklari tashqi ko‘rinishidan birbiridan juda katta farq qilganligi uchun tengsiz ipak qurti deb nomlanadi. Bu qurt meva va o‘rmon daraxtlarining barglarini yeb, ularni shipshiydam qilib qo‘yadi.
Erkak kapalagining qanoti yozilganda uzunligi 5 sm, urg‘ochisiniki 7 sm keladi. Erkak kapalagining ko‘krak va qorni qo‘ng‘ir-kulrang, qorni ingichka bo‘ladi. Urg‘ochisi oq yoki xira sarg‘ish rangli bo‘lib, qanotining tashqi chekkasida dog‘lari bor. Erkagining g‘umbagi o‘rtacha 2 sm, urg‘ochisiniki 3,5 sm. Urg‘ochi kapalak iyulning boshlarida daraxtlar tanasi yoki devorlarga 200 - 250 tadan tuxum qo’yadi, ustini qornida to’plangan tuklari bilan berkitadi. Tuxumi yumaloq, avval oq-sariq, so‘ngra qo‘ng‘ir tusga kiradi. Katta yoshdagi qurtning uzunligi 7 sm gacha bo‘ladi, tanasida uzun tukchalari bor. May oxiri - iyunda qurtlar oziqlanishdan to‘xtab, siyrak pilla o‘raydi yoki o‘rgimchak ipidan uya to‘qiydi, po‘stloq orasida va shoxlarda g‘umbakka aylanadi. Bu hasharot yiliga bir marta nasl beradi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling