16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Download 27.47 Kb.
bet9/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

Agrotexnik kurash. Tut daraxti qator oralarini haydash, sug‘orish, ayniqsa yaxob suvi berish, o‘z muddatida oziqlantirish va boshqa tadbirlar daraxtlarning tut parvonasiga chidamliligini orttiradi va zararkunandaning rivojlanishi uchun noqulay sharoit vujudga keltiradi. Barglarning qayta o‘sib chiqishi va fiziologik jarayonlarni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Biologik kurash. Tut parvonasi mintaqada yangi hasharot bo‘lganligi sababli, uning ixtisoslashgan tabiiy kushandasi hali aniqlanganicha yo‘q. Ammo hammaxo‘r yirtqich kushandalar (oltinko‘z, nabis-qandalasi, arilar hamda qushlarning ko‘plab turlari)ning ahamiyati juda katta.
Bundan tashqari, biolaboratoriyalarda ko‘paytiriladigan brakon (Bracon hedetor Say.) kushandasidan oqilona foydalanish mumkin. Buning uchun parvonaning ikkinchi avlodidan boshlab brakon yetuk zotini parvona qurtlariga nisbatini 1:5 va 1:10 qilib, tutzorlarga, samarasiga qarab, har avlodiga qarshi 2-3 marta qo‘yib turish yaxshi samara berishi tajribada aniqlangan.
Tut bargini zararkunandalardan saqlash uchun iyun oyidan boshlab daraxtlar tanasiga eski qop va matodan belbog‘ bog‘lash yaxshi natija berishi mumkin. Bu maqsadda xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda belbog‘ quyidagi biror insektitsid eritmasiga botirib olinsa, ayni muddao bo‘ladi: simbush (0,02%), detsis (0,05%), sumi-alfa (0,04%), siperfos (0,15%), uzfen (0,1%) va boshqalar. Parvona g‘umbakka aylanishi maqsadida pana joy topgan qurtlar shu joyda qirilib ketadi. Dorisiz ishlatilgan belbog‘larni har haftada bir marta tekshirib turish zarur.
Odatda, may oyining oxirlarida tut daraxtlarining novdasi kesib olingandan keyin so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi uvatlardagi begona o‘tlarni va tutlarni kimyoviy ishlash ham yaxshi samara beradi. Bunda bit, trips, o‘rgimchakkana bilan bir qatorda tut parvonasi ham qirilib ketadi. Bu maqsadda fosfamid (Bi-58 - 2 l/ga) yoki karbofos (1,5 l/ga) ishlatish yaxshi natija beradi.
Kimyoviy kurash. Tut parvonasiga qarshi kurashda insektitsidlardan foydalanish yaxshi samara berishiga qaramay, ularni qo‘shimcha zarurat paydo bo‘lganda qo‘llaniladigan usul deb tushunmoq lozim.
Yuqorida bayon etilgan kurash usullarining barchasidan o‘z vaqtida unumli va samarali foydalanish respublikamizda tut parvonasining tarqalishi va u keltiradigan zararning oldini olish imkonini beradi.
Tut parvonasiga qarshi ishlatish uchun tavsiya etiladigan insektitsidlar: desis, 2,5% em.k. 0,3 l/ga; sumi-alfa, 5% em.k. 0,5-0,6 l/ga; kalipso, 48% em.k. 0,1 l/ga; tolstar, 10% em.k. 0,5 l/ga; karate, 5% em.k. 0,5 l/ga.


Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling