16-laboratoriya ishi Rezavor va sitrus ekinlarining so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari Kerakli jihozlar


Tut parvonasi (Diaphania pyloalis L.)


Download 27.47 Kb.
bet8/9
Sana29.01.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1140145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 Labaratoriya

Tut parvonasi (Diaphania pyloalis L.)
Tut parvonasi O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ilgari uchramagan. Ammo adabiyotlarda tut parvonasi O‘rta Osiyoda Tyanshan, Pomir tog‘larining yuqori zonalarida uchrashi va yovvoyi tut daraxtlarining bargi bilan oziqlanishi haqida ma’lumot bor. (M. Rashidov, Sh. Xo‘jayev, S. Alimuhamedov, K. To‘ramuhamedov, 2000.) Tut parvonasi Surxondaryo sharoitida 6-7 marta nasl berishi ma’lum. Oxirgi avlod qurtlarining g‘umbaklari oktabr oyining uchinchi o‘n kunligi va noyabr oyining boshlarida qishlashga keta boshlaydi. Bir qism qurtlar oziqlana borib, sovuq tushishi bilan qishlashga ketadi. Yosh qurtlar qishki sovuqda nobud bo‘ladi. Asosan, g‘umbaklar va oxirgi yoshdagi qurtlar o‘zi ajratgan ipak ipchalar ora-sida tut daraxtining kallaklarida, eski po‘stloqlar orasida, daraxtlar ostidagi o‘simliklar qoldig‘ida, to‘kilganbarglarda, tut daraxti atrofidagi turli eski anjomlarda va asbob-uskunalarda qishlab chiqadi.
Hasharot tuxum, qurt, g‘umbak va kapalak (imago) fazalarini o‘taydi. Tuxumi oq, yumaloq shaklda, tuxumidan chiqqan qurtlari 2-4 mm, o’rta yoshdagi qurtlari 10-12 mm gacha va katta, IV-V yoshdagi qurtlari 17-22 mm gacha uzunlikda bo’ladi. Qurtning rangi tut bargining rangiga moslashgan bo‘lib, och va to‘q yashil.
G‘umbagining uzunligi 8-10 mm, dastlab och qo‘ng‘ir, so‘ngra (g‘umbak kapalakka aylanish vaqtida) jigarrang bo‘ladi. Kapalagining qanotlari 15-17 mm uzunlikda. Qanoti sarg‘ish- qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, ko‘ndalang ketgan dog‘lari bor, keyingi qanoti ochroq bo‘ladi. Tut parvonasining ikkinchi avlod kapalaklari tut daraxti ipak qurti boqish uchun kesib olingandan so‘ng rivojlanayotgan novdasi va kesilmay qolgan shoxlarining o‘sish nuqtasi va yosh barglariga 1-3 donadan yakka-yakka tuxum qo‘yadi va rivojlana boshlaydi. Har bir kapalak 50-60 tadan tuxum qo‘yishi aniqlangan.
Uchinchi yoshgacha bo‘lgan parvona qurtlari bargda ochiq yashab, uning ustki qavati bilan oziqlanib zararlaydi. Bu davrda u deyarli himoyasiz va ojizdir. To‘rtinchi yoshdan boshlab qurtlar bargning bir tomonini o‘ray boshlaydi va uning ichida himoyalangan holatda bo‘ladi. Bu vaqtda ungaqarshi ishlatilgan sirtdan ta’sir etuvchi insektitsidlarning samarasi kam bo‘ladi va o‘simliklar ichiga singish xossasiga ega bo‘lgan, ayniqsa, fosfororganik dorilarning samarasi yuqori bo‘ladi. Oziqlanib bo‘lgan qurtlar g‘umbakka aylanadi. Bu ayni bargda yoki daraxtlar po‘stlog‘i orasida sodir bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, qurt g‘umbaklanishdan oldin ipcha yordamida o‘zini muhitga bog‘lab ketadi. Agar keyinchalik bu ip uzib tashlansa, g‘umbakdan kapalak uchib chiqolmasligi mumkin.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling