16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Oyoq suyaklarining sinishi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
Oyoq suyaklarining sinishi. Son suyagi skeletning eng katta va eng mustahkam suyagi
bo‗lib, u vertikal holatda 1500 kg dan ko‗proq og‗irlikni ko‗taradi. Bundan yuqori bo‗lgan kuch yoki og‗irlik ta‘sirida son suyagi sinishi mumkin. Son suyagining sinishi og‗ir jarohatlar qatoriga kirib, bunda yumshoq to‗qimalar, qon tomirlari qattiq shikastlanadi, ko‗p qon yo‗qotiladi, ko‗pincha travmatik shok holati kuzatiladi. Son suyagining yuqori, o‗rta va pastki qismlari sinishi tafovutlanadi. Son suyagining yuqori qismi sinishi (bo‗yin va boshchasi) sinishning taxminan yarmini tashkil etadi va u tos-son bo‗g‗imi bilan yiqilishdan yuzaga keladi. Bunday sinishlar ko‗pincha qariyalarda (70 yoshdan oshgan) kuzatiladi. Simptomlari: qov va tos-son bo‗g‗imi sohalarida og‗riq, shish va bemor oyog‗ini ko‗tara olmaydi. Son suyagining o‗rta va pastki qismi sinishi bevosita og‗ir predmetlar va harakatdagi transport vositalarining urilishidan, yuqori balandlikdan yiqilganda, shuningdek yiqilish vaqtidagi bilvosita kuchli ta‘sirdan (bu ta‘sir suyakning buralishiga va haddan tashqari egilishiga olib keladi) yuzaga kelishi mumkin. Simptomlari: singan joydagi og‗riq, oyoq bilan harakat qilishning ilojsizligi. Tizza bo‗g‗imining sinishlari bevosita kaltak ta‘sirida, tizza bilan yiqilganda yoki balandlikdan yiqilib oyoq bilan tushganda yuzaga keladi. Ko‗pincha tizzaning qopqoq suyagi sinishi kuzatiladi. Sinishning belgilari: og‗riq, konturlarning tekislanishi va bo‗g‗im aylanasining kattalashishi. Paypaslab ko‗rilganda bo‗g‗im ichida suyuqlik borligi seziladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling