16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
4-maruza

Yopiq  lat  yeyish.  Bunday  lat  yeyish  asosan  o‗tmas  va  to‗mtoq  narsalar  (musht  va  tovon) 

zarbalaridan  keyin  kelib  chiqadi.  Asosiy  belgilari:  og‗riq,  shish,  qontalash  va  qorayish 

(gematoma)  bilan  chegaralanadi.  Zarba  kuchli  bo‗lgan  hollarda  qorin  devori  mushaklarining 

yorilishi  ham  kuzatiladi,  unda  yuqoridagi  klinik  ko‗rinishlar  nisbatan  og‗ir  kechishi, 

gematomaning keskin o‗sib borishi, yuza sohada «fluktuatsiya» belgilari paydo bo‗lishi mumkin. 

Agarda yopiq lat yeyishning og‗ir holatlari kuzatilsa, parenximatoz a‘zolar (jigar, taloq) yorilsa, 

unda  qorin  bo‗shlig‗iga  qon  ketishining  belgilari  namoyon  bo‗ladi  (bexosdan  bemor  rangining 

oqarib ketishi, umumiy quvvatsizlik, uyquchanlik, og‗iz qurishi, tomir urishining tezlashganligi 

va qon bosimining keskin tushib borishi va h. k.).  

Birinchi tez yordam ko‗rsatish vaqtida bemorni yotqizib, unga to‗liq tinchlik berish kerak. 

Qorniga  muzli  pufak,  agarda  ichki  qon  ketishining  belgilari  bo‗lsa,  shokka  qarshi  shoshilinch 

muolajalar  –  qon  va  qon  o‗rnini  bosuvchi  suyuqliklar  quyish  lozim.  Bunday  holatlarda  shuni 

unutmaslik  kerakki,  bemorlarga  og‗riqni  qoldiruvchi  morfin  va  boshqa  analgetiklarni  yuborish 

taqiqlanadi,  ya‘ni  og‗riqni  qoldiruvchi  bunday  dori-darmonlar  ta‘siri  kasallik  belgilarini 

aniqlashda ba‘zi bir chalkashliklarga olib kelishi mumkin.  


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling