(oshqozon, ichak tutqichi (charvi), jigar, taloq va h. k.) va teshib o‗tmagan ko‗rinishlarda
bo‗ladi. Qorin bo‗shlig‗ini teshib o‗tgan jarohatlarda qorin bo‗shlig‗i a‘zolaridan birontasi
jarohatlangan bo‗lsa, bu holatlarga qorindagi kuchli og‗riq, qorinning oldingi devori muskullari
taranglashganligi va qorin pardasining yallig‗lanish simptomlarining musbatligi misol bo‗la
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish vaqtida jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi,
agarda jarohatdan qorin a‘zolari chiqib turgan bo‗lsa, ularni qorin bo‗shlig‗iga to‗g‗rilab,
qaytadan joylashtirish qat‘iyan man qilinadi, aksincha, bu a‘zolarni sterillangan matolar bilan
o‗rab, qurib qolishining oldini olish choralarini ko‗rish tavsiya qilinadi. Agar teshib o‗tgan
jarohat belgilari aniq bo‗lsa, u holda bemorga shoshilinch og‗riqni qoldiruvchi dori-darmonlar
(promedol, morfin) qilinib, zudlik bilan operatsiya o‗tkaziladi.
Ovqat hazm qilish yo‗li a‘zolari jarohati borligi gumon qilinganda bemorlarga suv ichish
qat‘iyan man qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: