Boldir va tovon suyaklarining shikastlanishlari. Xususiyatiga ko‗ra ular qiyshiq
vintsimon, ko‗p parchalangan, ko‗ndalang (siljish bilan va siljishsiz) ko‗rinishda bo‗ladi.
Bunday sinishlarda ichki yoki tashqi qon ketishlar yuz berib, ba‘zan yo‗qotilgan qon miqdori
ancha katta bo‗ladi. Ko‗proq chang‗ichilarda va piyodalarda vintsimon sinishlar kuzatiladi.
Sinishning belgilari – kuchli og‗riq, oyoq funksiyasining buzilishi, deformatsiya va oyoq
uzunligining qisqarishi, ochiq sinishlarda teri butunligining buzilishi va suyak siniqlarining
chiqib qolishi, qon oqishi va boshqalar Suyak siniqlarini voqea sodir bo‗lgan joyda to‗g‗rilashga
yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi va bu narsa juda qo‗pol xato hisoblanadi. Boldir suyagi singanda 2 ta
qo‗shni bo‗g‗imlar – tizza va boldir-tovon bo‗g‗imlari mahkam fiksatsiyalanadi. Boldir-tovon
bo‗g‗imi 90
0
C burchakda, tizza 180
0
C gacha yoyilib shinalanadi.
Birinchi yordam yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan chora-tadbirlardan tarkib topib, bunda
quyidagi qoidani so‗zsiz bajarish talab qilinadi – tizza bo‗g‗imi 180
0
ga yoyilishi, boldir-tovon
bo‗g‗imi 90
0
burchak ostida shinalanishi lozim, ammo o‗zboshimchalik bilan siniq va
chiqishlarni to‗g‗rilash mumkin emas.
Tizza-tovon bo‗g‗imi va tovonning yopiq shikastlanishlarida birinchi yordam unga
transport shinalarini qo‗yish va bemorni maxsus davolash muassasalariga olib borishdan iborat
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |