Tayanch-harakat a’zolarining shikastlanishlari.
Bosh suyagi qoplamalarining yopiq va ochiq shikastlanishlari. Bosh suyagining yopiq
shikastlanishlarida yumshoq to‗qimalarning anatomik butunligi buzilmaydi. Bunday yopiq
shikastlanishlar bevosita tashqi ta‘sir kuchining tez va qisqa muddatli ta‘sir etishi natijasida
yuzaga keladi. Lat yeyishdagi shikastlanish darajasi shikastlovchi agentning o‗lchamlari va
massasiga, urilish kuchiga, ta‘sirining davomiyligiga, shuningdek ko‗pincha jabrlanuvchining
holatiga bog‗liq bo‗ladi. Bunda ko‗p hollarda, mayda qon tomirlari shikastlanadi. Yumshoq
to‗qimalar, shu jumladan bosh suyagi qoplamalari lat yeganda, ularning klinik ko‗rinishlarida
jarohatlovchi agent ta‘sir etgan joyda og‗riq, qontalash bo‗lishi yoki qon to‗rejaishi (gematoma)
kuzatiladi. Bosh suyagi qoplamalarining ochiq shikastlanishlarida terining butunligi buziladi va
jarohatlar paydo bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |