10.29-rasm.Bosh qismiga bog’lam qo’yish.
Qonning yumshoq to‗qimalar ostiga quyilishi natijasida ko‗z atrofida («ko‗zoynak
simptomi»), chakka osti chuqurligida, quloq orqalarida qontalashlar yuzaga kelishi, bosh miya
nervlari falaji va yarim falajlari kuzatilishi mumkin.
Bosh miyaning chayqalishi diffuz shikastlanish simptomlari bilan tavsiflanadi. Bosh miya
chayqalishini shartli ravishda 3 ta darajaga bo‗lamiz: yengil, o‗rtacha va og‗ir. Bosh miya
chayqalishining klinikasida hushdan ketish, bosh og‗rig‗i, bosh aylanishi, ko‗ngil aynishi, shilliq
qavatlar va terining rangsizlanishi, reflekslarning susayishi yoki umuman bo‗lmasligi kuzatiladi.
Ko‗pincha xotira buzilib, jabrlanuvchi qanday holatda jarohat olganligini eslay olmaydi. Miya
chayqalishining yengil darajasida hushdan ketish bir necha sekunddan bir necha minutgacha
davom etib, kuchsiz mushak gipotoniyasini aniqlash mumkin. Puls sekinlashishi yoki tezlashishi
mumkin.
Tez kunlar ichida bemorning holati normallashib, birinchi haftaning oxirida shikoyatlar
asta-sekin yo‗qoladi.
Bosh miyaning og‗ir darajada chayqalishi uzoq muddatli hushdan ketish bilan tavsiflanib,
u bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Hayotiy zarur organlarning,
jumladan yurak-tomir va nafas tizimi funksiyalari buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |