Sinishlardagi birinchi yordam. Yopiq turdagi sinishlarda shikastlangan a‘zoni
immobilizasiya qilish maqsadida transport shinalaridan foydalaniladi, keyin shifoxonaga olib
boriladi. Maxsus transport shinalari bo‗lmagan taqdirda, qo‗l ostida mavjud bo‗lgan
vositalardan: faner, karton, taxtacha va shu kabilardan foydalaniladi.
Agar qo‗l ostida yuqoridagilar bo‗lmasa, qo‗l singanda uni gavdaga, oyoq singanda – uni
sog‗lom oyoqqa bint bilan mahkam qilib og‗lanadi. Singan a‘zo bilan ehtiyotsiz munosabatda
bo‗lganda, bemorni bir joydan ikkinchi joyga o‗tkazish yoki yotqizishda, suyak parchalari terini
ichki tomonidan jarohatlab, yopiq sinishni ochiq sinishga aylantirib qo‗yishi mumkin.
Bu esa bemorning ahvolini nafaqat og‗irlashtiradi, balki yaraga infeksiya tushish xavfini
tug‗diradi, keyin bu narsa yiringli shamollash jarayoniga va osteomiyelit (suyakning yiringli
jarayoni)ga olib kelishi mumkin. Ochiq sinishda birinchi navbatda qon oqishini to‗xtatish,
jarohat atrofidagi terini yodning spirtli eritmasi bilan artish va aseptik vositalar bilan bog‗lab
qo‗yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |