16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


-rasm. Oyoqning shikastlanishi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
4-maruza

10.25-rasm. Oyoqning shikastlanishi. 

To‗liq  chiqishlar  (suyaklarning  bo‗g‗im  yuzalari  bir-biriga  tegmay  qolganda)  va  chala 

chiqishlar  (bo‗g‗im  yuzalari  qisman  bir-biriga  tegib  turganda)  farqlanadi.  Shuni  ham  nazarda 

tutish  kerakki,  chiqishlarda  nafaqat  bo‗g‗im  yuzalarining  siljishi,  balki  bo‗g‗im  kapsulasining, 

paylar, ba‘zan esa qon tomirlari va hatto nervlarning shikastlanishlari ham kuzatiladi. 

Chiqishning  simptomlari  –  qo‗l  yoki  oyoqning  majburiy  holatdagi  fiksatsiyasi, 

deformatsiya,  faol  va  passiv  harakatlarda  og‗riqning  kuchayishi,  oyoq  yoki  qo‗l  uzunligining 

o‗zgarishi,  prujinali  fiksatsiya  (harakatlantirishga  intilganda  jarohatlangan  bo‗g‗imda  holatni 

o‗zgartirishga  qarshilik  seziladi  va  og‗riq  paydo  bo‗ladi).  Qo‗llardagi  chiqish  oyoq  chiqishiga 



nisbatan 2 barobar ko‗p uchraydi va u hamma chiqishlarning 60 % ni tashkil etadi. Oyoqlardagi 

chiqishlar, mos ravishda, 30 % ni tashkil etadi. Bunda yelka chiqishi 41 %, tirsak chiqishi 16 %, 

kaft va barmoqlar chiqishi 4 % atrofida kuzatiladi.  

Oyoq  bo‗g‗imlaridagi  chiqishlardan  son  suyagining  chiqishi  ko‗prok  uchraydi  (27  %). 

Tizza  chiqishi  2  %  ni  va  tovon  chiqishi  bir  foizdan  ko‗proqni  tashkil  etadi.  Birinchi  yordam 

oyoqni shina bilan va qo‗lni qattiq ro‗mol bilan immobilizatsiyalash, analgetik dorilar berish va 

travmatologiya  bo‗limlariga  yoki  statsionarga  olib  borishdan  iborat.  Har  xil  joylardagi 

chiqishlarda asosiy birinchi yordam, shikastlangan oyoq yoki qo‗lni harakatsizlantirish va tezda 

bemorni travmatologiya bo‗limiga jo‗natishni o‗z ichiga oladi. 


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling