16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Tayanch-harakat a’zolari suyaklarining sinishi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
Tayanch-harakat a’zolari suyaklarining sinishi. Suyak butunligining biron qismi
buzilishiga sinish deyiladi. Ko‗p hollarda suyaklarning sinishi unga tashqi kuchning bevosita yoki bilvosita ta‘siri natijasida, shuningdek o‗qotar quroldan jarohatlanish oqibatida yuzaga keladi. Teri qoplamasi butunligining buzilishi yoki aksinchaligiga qarab, sinishlarni ochiq va yopiq turlarga bo‗lamiz. Suyak sinishining qaysi tekislikda joylashishiga qarab, ular quyidagicha tafovutlanadi: ko‗ndalang; qiyshiq; spiralsimon; uzunasiga singan; parchalanib sinish; kompression. Suyakning sinish darajasi undagi buzilishlarga qarab, to‗liq sinish (butunligining to‗liq buzilishi) va suyaklar pardasi ostidagi sinish (suyak singan, lekin suyak usti pardasi butun)larga bo‗linadi. Suyak singan vaqtda uning bo‗lakchalari sindiruvchi kuchning yo‗nalishiga va muskullar qisqarishiga bog‗liq holda u yoki bu tomonga siljishi mumkin. Suyak bo‗lakchalarining siljishi uning o‗qi bo‗ylab burchak ostida, periferiyaga va uzunligi bo‗yicha amalga oshadi. Suyak bo‗lakchalarining siljishi odatda ikki va undan ko‗p yo‗nalishlarda kuzatiladi. Suyak parchalari orasiga muskullar, paylar, nerv tolalari va qon tomirlari kirib qolib zararlanishi mumkin. Bu narsa, bir tomondan, falajlikka, qon aylanishining buzilishlariga olib kelsa, ikkinchi tomondan, suyakning bitishiga to‗sqinlik qiladi. Birinchi yordam ko‗rsatishda shu narsani yodda tutish kerakki, bunday bemor juda tezlik bilan maxsus tibbiy yordam ko‗rsatish uchun (ko‗pincha bunday bemorlar jarrohlik yordamiga muhtoj bo‗ladi) transportirovka qilinishi kerak. Sinishning simptomlari: singan joyda keskin og‗riq, funksiyaning buzilishi (bemor singan oyoq yoki qo‗ldan foydalana olmaydi) va deformatsiya kuzatiladi. Bemor ko‗zdan kechirilganda, oyoq yoki qo‗l (singan a‘zo) uzunligining qisqarganligi, uning notabiiy holati, ba‘zan paypaslaganda singan joyda g‗irchillash (krepitatsiya)ni kuzatish mumkin. Ochiq turdagi sinishlarda jarohat kuzatilib, ba‘zan undan suyak parchalari ko‗rinib turadi.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling