16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
-rasm. Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
10.26-rasm. Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi. Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari. Son suyagining chiqishi bilvosita katta kuchning ta‘siri natijasida yuz berib, bu kuch kutilmaganda va keskin tarzda sonni ichkariga (orqaga chiqish) yoki oyoqning keskin kerilishi va uni tashqariga aylantirilishi (oldinga chiqish) natijasida kelib chiqadi. Sonning orqaga chiqishida oyoq tos-son bo‗g‗imida bukilgan, tanaga yopishgan va ichkariga o‗girilgan, aylanib qolgandek tuyuladi. Oyoq kaftidagi chiqishlar ko‗pincha to‗liq bo‗lmay (chala chiqishlar deb atash mumkin), ularni rentgenologik tekshiruvsiz to‗g‗ri tashxislash juda qiyin. Chiqishlarning har xil lokalizatsiyalaridagi asosiy birinchi yordam shikastlangan oyoq yoki qo‗lni tinch holatga keltirish va bemorni tezda travmatologik bo‗limga yoki travmopunktlarga malakali tibbiy yordam ko‗rsatish va chiqqan bo‗g‗imni o‗rniga solib qo‗yish uchun jo‗natishdan iborat. Bunday shikastlanishlarda voqea sodir bo‗lgan joyda biron-bir manipulatsiya o‗tkazish mumkin emas, chunki mutaxassissiz qo‗yilgan tashxis noto‗g‗ri bo‗lishi mumkin, bundan tashqari, voqea joyida yetarli og‗riqsizlantirishning iloji ham yo‗q. Voqea sodir bo‗lgan joyda chiqqan joyni solish, oyoq-qo‗llarni siltab tortish, bo‗g‗imlarni passiv harakatga keltirish – yo‗l qo‗yib bo‗lmaydigan holat. Bunday bemorlarni shifoxonaga olib borishda chiqqan qo‗lni ro‗mol bilan bog‗lanadi va tirsak chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‗yiladi, oyoq chiqqanda standart simli Kramer shinasi yordamida, u bo‗lmagan taqdirda, qo‗l ostida bo‗lgan immobilizasiyalovchi vositalar yordamida bintlanib yoki chiqqan oyoqni sog‗lom oyoqqa mahkamlab (bunda kiyimlar yechilmaydi), keyin jo‗natish tavsiya etiladi. Bemorga og‗riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalarini berish mumkin. Qo‗li chiqqan bemor o‗tirgan holatda, oyoq bo‗g‗imlari chiqqan bemor faqat yotqizilgan holatda shifoxonaga olib boriladi.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling