16-Maruza. Issiqlik sigʹimi. Fazaviy oʹtish issiqligi
γ Gazlar γ
Download 375.6 Kb.
|
0e55666a4ad822e0e34299df3591d979
- Bu sahifa navigatsiya:
- GAZ ARALASHMALARI ISSIQLIK SIG‘IMI
Tajriba natijalariga binoan bir atomli gazlar uchun γ ning qiymati 1,6 ga, ikki atomli gazlar uchun- 1,4 ga va ayrim ko‘p atomli gazlar uchun -1,3 ga yaqin. Bu farqning sababini molekulyar-kinetik nazariya tushuntiradi. GAZ ARALASHMALARI ISSIQLIK SIG‘IMI Gaz aralashmalari issiqlik sig‘imi uning komponentalari issiqlik sig‘imlari yig‘indisi bilan aniqlanadi. Agar aralashma komponentalari soni Z, ular massalari m1, m2, ……, mz, komponentalar solishtirma issiqlik sig‘mlari mos holda C1, C2, . . . , Cz bo‘lsa, u holda sistema issiqlik sig‘imi: (33) yig‘indi bilan aniqlanadi. (34) bo‘yicha gaz aralashmasi effektiv solishtirma issiqlik sig‘imi : (35) ga teng. (34) va (35) dan ko‘rinib turibdiki, solishtirma effektiv issiqlik sig‘imini, issiqlik xossalari bo‘yicha gaz aralashmalari xossalariga ekvivalent bo‘lgan ayrim bir jinsli gazlar solishtirma issiqlik sig‘imi kabi qarash mumkin. Aynan shunday holda effektiv molyar issiqlik sig‘imi tushunchasini kiritish mumkin. Agar komponentalar massasi m1, m2, . . ., mz, ularning molyar massalari µ1, µ2,…., µz va ular molyar issiqlik sig‘imlari qiymatlari C1, C2, . . . , Cz bo‘lsa, u holda sistemaning issiqlik sig‘imi: (36) yig‘indi bilan aniqlanadi. (37) ga muvofiq molyar issiqlik sig‘imi : (38) ga teng bo‘ladi. Shunday qilib, effektiv molyar issiqlik sig‘imi, issiqlik xossalari bo‘yicha gaz aralashmalari xossalariga ekvivalent bo‘lgan ayrim bir jinsli gazlar molyar issiqlik sig‘imidir. Effektiv molyar massa tyshunchasi qo‘llanilganda (36) munosabatni quyidagicha yozish mumkin: (39) Suyuq aralashmalar uchun gazlar singari effektiv molyar massani kiritish mumkin, biroq ular uchun aralashma komponentalari issiqlik sig‘imlari additivligidan kelib chiqib, effektiv issiqlik sig‘imini aniqlash mumkin emas. Bunday aralashmalarda kuchli molekulalararo o‘zaro ta’sir tufayli bir komponenta molekulalari harakatini boshqa komponenta molekulalari harakatiga bog‘liq emas deb bo‘lmaydi. Glosariy
Download 375.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling