16-Маъруза машғулоти Мавзу. Пассив ва актив қуёш сув иситкичларининг тизими


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1067568
  1   2   3   4
Bog'liq
16-Маъруза



16-Маъруза машғулоти 
 
Мавзу. Пассив ва актив қуёш сув иситкичларининг тизими. 
 
Quyosh kollektorlari quyosh nurlanishi energiyasini yutib uni muhit issiqlik 
energiyasiga aylantiradi (odatda suv yoki havo) va isitish va issiq suv ta’minoti 
uchun foydalaniladi. Quyosh kollektorlarining har xil turlari mavjud: 
- yassi 
- vakuumli 
- konsentratorlardan foydalanish orqali 
- havo kollektorlari 
Eng ko‘p tarqalgan suyuqlik yassi kollektori issiqlik yutuvchi panel (absorber) 
va issiqlik tashuvchi sirkulyatsiyasi uchun unga biriktirilgan kanallar 
(trubkalar)dan iborat bo‘ladi. Quyosh nurlanishini yutuvchi absorberning yuqori 
qismi shaffof izolyatsiyaga ega. Bu konstruksiyaning hamma qismi korpusga 
biriktirilib, orqa va yon tomonlari issiqlik izolyatsion material bilan qoplangan. 
Kollektorlar, bak-akkumulyator va ulash quvur o‘tkazgichlar tizimi sovuq suv 
bilan to‘ldirilgan holatni ko‘rib chiqamiz. Quyosh nurlanishi shaffof qoplama 
(shisha) orqali o‘tib kollektorning yorug‘lik yutuvchi panelini va uning 
kanallaridagi suvni qizdiradi. Qizish jarayonida suvning zichligi kamayadi, qizigan 
suyuqlik kollektorning yuqori nuqtasiga ko‘cha boshlaydi, so‘ngra quvur bo‘ylab 
bak-akkumulyatorga o‘tadi. Bakda qizigan suv yuqori nuqtaga ko‘chadi, sovuqroq 
suv esa bakning quyi qismida joylashadi, ya’ni haroratga bog‘liq holda suvning 
qatlamlarga ajralishi ro‘y beradi. 
Sovuq suv quvur bo‘ylab bakning quyi qismidan kollektorning quyi qismiga 
harakatlanadi. Shunday qilib, yetarlicha quyosh radiatsiyasi mavjudligida kollektor 
konturida doimiy sirkulyatsiya o‘rnatilib, uning tezligi va jadalligi quyosh 
nurlanishi oqim zichligiga bog‘liq bo‘ladi.
Natijada tizimda bosimlar farqi (∆p, Pa) vujudga kelib quyosh kollektorida 
tabiiy sirkulyatsiyani chaqiradi, ya’ni ∆p=g×H×(ρ
1

2
), (1) bunda g=9,81 m/s
2

N=H
1
– H
2
 (m) – bak akkumulyatorda qizigan suvning kirishida yuqori chegarasi 
va quyosh kollektorining quyi sovuq suv kirish qismi farqi; ρ
1
va ρ
2
- mos ravishda 
bak akkumulyatorining quyi qismi sovuq suvining (T
1
) va bak akkumulyatorida 
qizigan suvning (T
2
) zichligi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling