16-Маъруза машғулоти Мавзу. Пассив ва актив қуёш сув иситкичларининг тизими


-rasm. Suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri qizdirish uchun bir konturli termosifon


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1067568
1   2   3   4
Bog'liq
16-Маъруза

3.1-rasm. Suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri qizdirish uchun bir konturli termosifon 
tizim 
 
Qanchalik (T
1
) va (T
2
) farqi yuqori va N qiymati katta bo‘lsa qurilmada 
suvning tabiiy sirkulyatsiyasi jadalligi yuqori bo‘ladi.
Bunday tizimning o‘ziga xosligi shundaki, termosifon tizim holatida bak 
akkumulyatorning quyi nuqtasi kollektor yuqori nuqtasidan 3-4 m dan baland 
bo‘lmasligi zarur, nasos sirkulyatsiyasida bak-akkumulyator ixtiyoriy joylashishi 
mumkin. 
Bunday shart nafaqat kunduz vaqt davomida quyosh nurlanishi mavjudligida 
normal suv sirkulyasiyasini ta’minlash uchun, balki qurilmada suvning teskari 
sirkulyasiyasining oldini olish uchun ham muhimdir. Bu qurilmalar butun 
dunyoda, ayniqsa issiq iqlim mamlakatlarida keng qo‘llanilishi, ekspluatatsiyasi, 
tayyorlanishi jihatidan juda oddiy sanaladi.
Sovuq iqlim sharoitlarida quyosh suv isitish kollektorlarining bir konturli 
emas, ikki konturli sxemasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Unda kollektorda qizdiriladigan asosiy issiqlik tashuvchi sifatida istalgan 
muzlamaydigan, kimyaviy faol bo‘lmagan, (masalan, suvning etilen yoki 
propilen bilan aralashmasi, antifriz, glizantin (suvning glitserin bilan 
aralashmasi) va boshqalar) suyuqliklar xizmat qiladi. 
Passiv sirkulyatsiyali issiqlik tashuvchiga ega ikki konturli tizim:bunday 
tizimning ishi bir konturli tizimning ishiga o‘xshashdir, lekin tizimda bak-
akkmulyatorida issiqlik almashingich, quvuro‘tkazgichlar, kollektorlardan iborat 
alohida berk kollektor konturi mavjud. Bu kontur maxsus qoidaga muvofiq 
muzlamaydigan issiqlik tashuvchi bilan ta’minlanadi.


3.2-rasm. Passiv sirkulyatsiyali issiqlik tashuvchiga ega ikki konturli 
tizimning prinsipial sxemasi 
Kollektorda issiqlik tashuvchi qizigandan so‘ng issiqlik almashtirgichning 
yuqori qismiga kelib tushadi va o‘z issiqligini bakda joylashgan suvga uzatadi, 
so‘ngra sovib pastga harakat qiladi, ya’ni kollektorning kirish qismiga 
harakatlanadi. Bunda u quyosh radiatsiyasi ta’sirida doimiy sirkulyatsiyani 
amalga oshiradi. 
Bunda ham termosifon holatida bak akkumulyatorning quyi chegarasi va 
kollektorning yuqori nuqtasi farqi 3-4 metrdan oshmasligi zarur, nasos rejimida 
bak-akkumulyator ixtiyoriy joyda o‘rnatilishi mumkin. 
Majburiy sirkulyatsiyali tizimlarda kollektor konturiga sirkulyatsiyali nasos 
qo‘shiladi, shu sabab binoning istalgan qismida bak-akkumulyatorni joylashtirish 
imkonini beradi. Kollektorda issiqlik tashuvchining harakat yunalishi majburiy 
sirkulyatsiya yunalishi bilan mos tushishi kerak. 
Nasos rejimini o‘chirish yoqish differensial boshqarish relesidan tashkil topgan, 
ya’ni bakda va kollektorlarning chiqish qismiga o‘rnatilgan harorat datchiklari 
ko‘rsatkichlarini taqqoslovchi elektron boshqarish bloki yordamida amalga 
oshiriladi. Agar kollektorlardagi harorat bakdagi suv haroratidan yuqori bo‘lsa 
nasos qo‘shiladi. Bak va kollektor o‘rtasidagi doimiy harorat farqini hisobga olib 
nasos ish jarayoni va issiqlik tashuvchining aylanish tezligini o‘zgartirishga imkon 
beruvchi bloklar ham mavjud. Aktiv sirkulyatsiyaga ega tizimlar odatda ikki 
konturli bo‘ladi. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling