16-ma’ruza. Mavzu: kondensatlarning fizik xossalari va tarkibi
Download 243.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu kondensatlarning fizik xossalari va tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Kondensatlarni tadqiq qilish natijalari
16-MA’RUZA. MAVZU: KONDENSATLARNING FIZIK XOSSALARI VA TARKIBI. REJA: 1. Kreg tenglamasi. 2. Xresh tenglamasi. 3. Kondensatlarni tadqiq qilish natijalari. Tayanch iboralar: Kats va Stending grafoanalitik usuli, xiralanish jarayoni, yorug'lik sindirish koeffitsienti. Kondensatlar qanday holatda ekanligiga qarab, beqaror va barqaror kondensatlarga bo'linadi. Beqaror kondensat - qatlamdagi yoki kondensatlarni ajratib oladigan asbob - uskunalargacha bo'lgan harakatdagi gazlarda erigan kondensatlarga aytiladi. Barqaror kondensatlar deb, maxsus kondensat ajratib oluvchi asbob-uskunalarda ajratib olingan tayyor holdagi mahsulotga aytiladi. Har qanday suyuqlik kabi kondensatlar ham ma'lum fizik xossalarga egadir. Bulardan asosiylari zichlik, qovushqoqlik va molekulyar massa. Moddaning zichligi deb tinch holatdagi bir hajm birlikdagi massasiga aytiladi: ρ =m/V kg/m 3 , g/sm 3 Kondensatlarning zichligi haqida so'z yuritilganda, odatda ko'proq barqaror kondensat ko'zda tutiladi. Chunki beqaror kondensatlardagi zichlik doimo o'zgarib turadi. Barqaror kondensatning (C 5+l0 ) zichligini bevosita areometr orqali o'lchab aniqlash mumkin. C 5+yu degan ifoda o'z ichiga pentan (C 5 ) va undan yuqori bo'lgan eng yengil suyuq karbonsuvchillar yig'indisini oladi. Shuningdek, kondensat zichligini maxsus hisoblashlar orqali ham aniqlash mumkin. Buning uchun kondensatning tarkibi, molekulyar massasi M k yoki yorug'lik sindirish koeffitsienti n d ma'lum bo'lganda Kreg tenglamasi orqali aniqlanadi: ρ C5+yu = 1,03 M k / (M k +44,29) g/sm 3 ρ C5+yu = 1.90646 n d - 1,96283, g/sm 3 Kondensat molekulyar massasini Xresh tenglamasi orqali aniqlash mumkin: lg M C5+yu = 1,939436+ 0,0019764t K + lg (2,1500- n d ) Kondensatlarni tadqiq qilish natijalari Kondensatlami tajriba xonasida har xil usullar bilan tadqiq qilish mumkin. Bu tadqiqotlar natijasida kondensatning asosiy fizik xossalari bilan bir qatorda uning qaynash harorati, qotish harorati, undan karbonsuvchillarni ajralib chiqishi va h.k. larni aniqlash mumkin. Tadqiqotlar maxsus tajriba asbob-uskunalarida olib boriladi. Bu tadqiqotlarda kondensat harorati asta-sekin pasaytirilib yoki oshirilib boriladi va shu jarayonida kondensatda bo’layotgan o'zgarishlar qayd qilib boriladi. Suyuq karbonsuvchillarning dinamik qovushqoqligini harorat va molekulyar massaga bog’liqligi Xiralanish boshlangan harorat kondensatniiig xiralanish harorati deyiladi. Odatda xiralanish jarayoni kondensat tarkibidan kristalsimon parafin moddalarining ajralib chiqishidan boshlanadi. Parafin-serezin moddalarining ko'plab ajralib chiqishi kondensat tarkibida kristallanish holatiga olib keladi. Sekin - asta kondensat tarkibida kristallar ko'payib, oxiri qotish holatiga yetib keladi. Kondensatning kristallanish boshlangan harorati uning krisiallanish harorati deb, kondensatning qotish boshlangan harorati esa kondensat qotish harorati deyiladi. Xuddi shuningdek, kondensat harorati oshganda qaynash boshlangan harorati kondensatning qaynash harorati deyiladi. Download 243.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling