16-Mavzu Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja


Download 208.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana18.02.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1211366
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-maruza

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li 
о‘tkazish, kо‘p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik kо‘rilganligiga bog‘liq. 
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni 
tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy 
joylashganligi, FM holati va boshqa omillarga amal qilgan holda olib boriladi. 
Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni о‘tkazishga mashg‘ulot rahbari 
shaxsan javob beradi.
Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot rahbari 
mashg‘ulotning mavzusini, о‘quv maqsadini, о‘quv savollari va bosqichlarini
komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg‘ulotga jalb 
etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, 
texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg‘ulotga jalb 
etilgan shaxsiy tarkiblar FMga о‘qitish davomida tayyorlanadi; rahbarlar
komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qо‘yilgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan qatnashchilar bilan 
esa amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kompleks mashg‘ulotlarni о‘tkazish uchun quyidagi xujjatlar: mashg‘ulot 
о‘tkazish rejasi; mashg‘ulot rahbarlarining о‘rinbosarlari va yordamchilarining 
xususiy rejalari; mashg‘ulotda xavfsizlik choralari kо‘rish tartiblari ishlab 
chiqiladi. Mashg‘ulot о‘tkazish rejasi - asosiy xujjatdir. Unda mashg‘ulotning 


borishi, mashg‘ulotlar bosqichlari bо‘yicha о‘quv savollari tuziladi, xarita, jadval, 
mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, о‘quv 
maqsadi va mashg‘ulotni о‘tkazish vaqti, mashg‘ulotga jalb etilgan 
qatnashuvchilarning tarkibi, mashg‘ulotning bosqichlari, davomiyligi, о‘quv 
savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; dastlabki boshlang‘ich holat, kuchlarni 
guruhlash, boshqarishning joyi, mashg‘ulotning borishi, tamom bо‘lish muddati va 
tahlil qilish muddati hamda joyi kо‘rsatiladi. Mashg‘ulot rejasi shtab boshliqlari 
tomonidan ishlab chiqilib, uning boshlanishiga ikki hafta qolguncha mashg‘ulot 
rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Mashg‘ulot rahbarlari, о‘rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn 
yoki grafik bо‘yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg‘ulotning mavzusi, 
tuzilmalarga muvofiq о‘quv maqsadi, о‘qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, 
boshqa toifadagi о‘qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish 
hamda mashg‘ulotning borishi kо‘rsatilishi kerak. 

Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling