16-Mavzu Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja
Fuqaro muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va
Download 208.8 Kb. Pdf ko'rish
|
16-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotlar
Fuqaro muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va
о‘tkazish.Rahbarlar tarkibini, tizimlar va aholini о‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg‘ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jihozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari о‘rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab chiqiladi. FMning amaliy mashg‘ulotlarini zamon talablariga mos holda о‘tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qо‘llaniladigan ommaviy qirg`in qurol vositalaridan, shuningdek hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojiyalar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, obyektlarni uzluksiz faoliyat kо‘rsatishini ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bо‘yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi. FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg‘ulotlari tashkil etiladi va о‘tkaziladi: 1. Shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik; 2. Rahbar tarkib uchun shtab-komanda; 3. О‘qitilayotgan hamma toifadagilar uchun, kompleks mashg‘ulotlar. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotlar tuzilmalarning oldiga qо‘yilgan vazifalarni bajarishga о‘rgatishdan iborat. Ya’ni bunday о‘quv mashqlari fuqaro muhofazasining harbiylashgan va maxsus bо‘limlari, hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga о‘rgatish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgandir. Bunday о‘quv mashqning maqsadi: tizim boshliqlar tarkibini avariya-qutqaruv va boshqa tiklov ishlarini va aholini muhofaza qilishni tashkil etish, tizimlarni hamda avariya- qutqaruv bо‘linmalarini aholini muhofaza etish tadbirlarini mustaqil ravishda bajarish, hamda boshqa tizimlar bilan hamkorlikda harakat qilishga tayyolashdan iborat. Tizimlarning favqulodda vaziyatlar о‘chog‘ida harakat qilish tayyorgarligini tekshirish hamda fuqarolarning ruhiy fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotni о‘tkazishda uni tayyorlash va о‘tkazish haqida buyruq, mashg‘ulotga tayyorgarlikning rejasi hamda о‘quv mashqni о‘tkazish rejalari ishlab chiqiladi. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotning asosiy о‘quv-uslubiy hujjati amaliy mashg‘ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg‘ulotning borishi, о‘quv savollarining izchilligi, mashg‘ulotlar bosqichlarni aks ettiriladi. Tuzilmalar maxsus-taktik mashg‘ulotlarda о‘z obyektlarining moddiy-о‘quv bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar. О‘quv mashqlari umummaqsadli tuzilmalar bilan xizmatli tuzilmalar birgalikda о‘tkaziladi. Jumladan, qutqaruv guruhlari bilan sanitar drujinalar, razvedka, aloqa, jamoat tartibini saqlash, himoya inshootlarida xizmat kо‘rsatish guruhlari, yong‘inga qarshi kurash guruhlari ishtirok etadilar. Bunda ishtirok etadigan tuzilmalarning soni, о‘quv mashqini mavzusiga maqsadlariga, xarakteriga, avariya- qutqaruv ishlarining kо‘lamiga, favqulodda vaziyat kо‘lamiga va boshqa qutqaruv- tiklov ishlarining hajmiga bog‘liq bо‘ladi. Maxsus-taktik mashg‘ulotning rejasi matn bо‘yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa о‘quvchilari uchun о‘quv maqsadlari, mashg‘ulot о‘tkazish vaqti, о‘quv mashg‘ulotiga jalb qilinadigan bо‘linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bо‘lish me’yorlari, mashg‘ulotning bosqichlari, ularning davomiyligi va о‘quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish maskanlarining joylashgan yeri, ommaviy qirg`in qurollar qо‘llanilgandan keyin obyektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini о‘z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg‘ulotning yaxshi ishlab chiqilgan rejasi va boshqa hujjatlar, uning muvaffaqiyatli о‘tishiga imkon beradi. Download 208.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling