16-Mavzu Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja
Download 208.8 Kb. Pdf ko'rish
|
16-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompleks (har taraflama) mashg‘ulot
Komanda-shtab mashg‘ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirlib olib
boriladi. Mashg‘ulot mavzusi va о‘quv savollari odatda oldinda turgan har taraflama mashg‘ulotning mavzusi bilan bog‘langan bо‘ladi. Komanda-shtab mashg‘ulotlaridan oldin shtab mashqlarini о‘tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini obyekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotlarini oldida turgan maqsadiga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi. Mashg‘ulotlarga razvedka, aloqa bо‘linmalari, jamoat tartibini saqlash, sanitar-drujinalar, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi tizimlar ham jalb etilishi mumkin. Obyekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotining rahbari hisoblanadi. Komanda-shtab о‘quv mashqlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati va boshqaruv organlarida (3 sutka davom etadi) 5 yilda bir marta; shahar va tumanlarda 3 yilda bir marta о‘tkaziladi. Komanda-shtab mashqlari yoki mashg‘ulotlar vazirliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 1 yilda bir marta (1 sutka) о‘tkaziladi. Kompleks (har taraflama) mashg‘ulot - obyektni tayyorlashning muhim shakllaridan biridir. Uning mohiyati shundan iboratki, uning hamma qatnashchilari bir vaqtda yagona taktik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat qilib, obyekt rejasida kо‘zda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini tо‘xtatmasdan amalga oshiradi. Bunday mashg‘ulotda odatda: obyekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga obyektning tayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qо‘llanilgan ommaviy qirg`in qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va halokatlarning oqibatlarini tugatish bо‘yicha tadbirlar о‘tkazilishiga e’tibor beriladi; obyektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yо‘li va usullari tekshirib kо‘riladi. Kompleks mashg‘ulotning maqsadlari quyidagicha bо‘lishi mumkin: obyektni har qanday FVlarda xar tamonlama tо‘xtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshqarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, raxbar va komanda- boshliq tarkibda FM tadbirlarini о‘tkazishda aniq va mustaqil kо‘nikmalarni ishlab chiqish, fuqarolarni turli xil ta’sirlardan himoya qilish usullariga о‘rgatish, FV lar oqibatlarini tugatish bо‘yicha ishlarni olib borishga tayyorlash, obyekt FM rejasini realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga obyektning tayyorgarlik darajasini aniqlash, uning shaxsiy tarkibida ma’naviy-ijtimoiy va psixologik xislatni tarbiyalash talab etiladi. FMning hamma kompleks mashg‘ulot tadbirlari, xо‘jalik faoliyatlarini hisobga olgan holda о‘tkazish uchun imkoniyat beradi. Mashg‘ulot rahbari odatda, obyekt FMning boshlig‘i hisoblanadi, ayrim hollarda uning yordamchilari ham bо‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlarga hamma rahbar va komanda boshliqlari, tuzilmalar, tuzilmalarga kirmaydigan fuqarolar ham jalb etilishi mumkin. Tuzilmalar ma’lum bosqichlarda о‘z vazifalarini bajaradilar, rahbar xodimlar va komanda-boshliq tarkiblari esa har bir mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Har taraflama kompleks mashg‘ulotlarda shunday murakkab dinamik holatni yaratish kerakki, ular zararlanish о‘choqlarini va zaharlangan hududlarni ifoda etib, qatnashchilar epchillik, mohirlik, dadillik va ehtiyotkorlikni namoyon etsin. Mashg‘ulotlar davomida rahbar, komanda-boshliq tarkiblari, va FM kuchlarini tashkil etishning, tizimlar esa kuchli radiaktiv, kimhviy, biologik zararlanishda va kuchli yong‘inlarda harakat qilishni о‘rganadilar. Kompleks mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta 5-3 kun davomida о‘tkaziladi. Sexlar, bо‘limlar, uchastkalar va boshqa qismlar mashg‘ulotlarda bir vaqtda ishtirok etmaydilar, о‘quv rejasiga muvofiq ular maxsus vazifalarni bajarishga ketma-ket kirishadilar. Kompleks mashg‘ulotlarni tashkil etishda va uni о‘tkazishda shtab rahbarlari, mashg‘ulotga jalb qilingan hamma fuqarolarning tayyorgarliklarini tashkillashtirishi; ularning tayyorgarligini tekshirishi, shu bilan birga xavfsizligini ta’minlashi kerak bо‘ladigan о‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, о‘quv va ishlab chiqarish bazasini tayyorlashi, QBTI о‘tkazish uchun yangi usullarni qidirib topishi, qо‘llashi; har xil shroitlarda texnikalardan foydalanish hamda ularning samarali ishlashini nazorat qilishi hamda shaxsiy va jamoat resurslarini yaroqsiz holatga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik va yuqori saviyada bajarilgan mashg‘ulot bо‘yicha hisobot tayyorlashi lozim. Kompleks mashg‘ulotlar 3 ta asosiy kо‘rsatkichga ega bо‘lishi kerak: 1. FM masalalarini tо‘liq, har tomonlama о‘rganish, ya’ni ogohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg‘ulotni tugatishgacha bо‘lgan masalalar; 2. Kompleks mashg‘ulotda, obyektda faoliyat kо‘rsatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi; 3. Kompleks mashg‘ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl va uslublari qо‘llaniladi. 300 kishidan ortiq fuqarolari bо‘lgan korxona, tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bо‘lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yilda bir marta (2 sutkagacha), boshqa tashkilotlarda 3 yilda bir marta obyekt mashqlari (6 soatgacha) о‘tkaziladi. Umumiy о‘rta, о‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talaba va о‘quvchilari bilan har taraflama kompleks mashg‘ulotlar har yili о‘tkaziladi. Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish soxalarida band bо‘lmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari bо‘yicha suhbatlar, ma’ruzalar о‘tkazish, о‘quv filmlarni kо‘rsatish, yashash joylarida о‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek qо‘llanma va eslatmalarni mustaqil о‘rganish, radio eshitirishlarni tinglash, teledasturlarni, kо‘rgazmali qurollarni kо‘rsatish va boshqa omillar qо‘llaniladi. Download 208.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling