16-Mavzu Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja
Download 208.8 Kb. Pdf ko'rish
|
16-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sо‘z va iboralar
16-Mavzu Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja: 1.Hozirgi vaziyatda fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o’qitishning dolzarbligi, muhofazalanish qoidalariga o’rgatish 2.Fuqaro muhofazasiga o’qitishni tashkil etish va o’tkazish tadbirlari. Tayanch sо‘z va iboralar: struktura, tarmoq, vazirlik, tuzilma, ma’lumot almashuv, umummaqsadli, muhofaza, chora-tadbir, qutqatuv, tibbiy yordam, sanitariya, obrabotka, dizenfeksiya, dezaktivatsiya, radioktiv, texnogen, tabiiy, zilzila, mognituda, ball, o’lchov ishlari, avariya-qutqaruv, maxsus tayyorgarlik. Ma’lumki, fuqarolar muhofazasining eng muhim vazifalaridan biri, aholini favkulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash hisoblanadi. Bu borada О‘zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi va «Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risda»gi qonunlari hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 noyabrdagi 427-sonli «О‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi tо‘g‘risida»gi qarori asosida respublikamiz aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash ishlari yо‘lga qо‘yilgan. Bu huquqiy –me`yoriy hujjatlarning bandlarida va Vazirlar Mahkamasining 427-sonli qarorida ta`kidlanganidek: «О‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash (shu jumladan, ta’lim muassasalaridagi fuqarolarni ham) majburiydir». Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, yashash joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlarga qarab olib boriladi. Fuqarolarning FM bо‘yicha о‘qitish - aholini dushmanning ommaviy qirg`in qurollari ta’siridan, tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlaridan himoyalanishga tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. О‘qitish FMning boshlig‘i va uning shtablari kо‘rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanuvchi hududiy hamda ishlab chiqarish yо‘nalishlari bо‘yicha tuzilgan yuqori tashkiloti FMning mas’uliyatli boshliqlari qarori, buyrug‘i asosida tashkil etiladi va olib boriladi. Ishchi va xizmatchilarni FMga о‘qitish har bir xо‘jalik obyektining boshlig‘i zimmasiga yuklanadi. FM shtabi о‘qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta’minlaydi va rahbarlik qiladi, о‘z vaqtida о‘qishlarni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borilishini nazorat qiladi. Obyektda bajariladigan vazifalarga qarab FM yо‘nalishida fuqarolar quyidagi toifalar bо‘yicha о‘qitiladi: - FMning rahbar tarkiblari; - FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar; - FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar; Ishlab chiqarish va obyekt FM rejasida kо‘rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa shaxslarini ma’lum dastur asosida о‘qitish maqsadga muvofiqdir. Download 208.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling