16-mavzu. Milliy boylik statistikasi


Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlar tushunchasi va tarkibi


Download 79.37 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi79.37 Kb.
#1602279
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu. Milliy boylik statistikasi

16.2 Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlar tushunchasi va tarkibi.

Asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlari quyidagi koeffitsientlar orqali ifodalanadi va o’rganiladi:



  1. Asosiy fondlarning o’sish koeffitsienti;

  2. Asosiy fondlarning qo’shimcha o’sish koeffitsienti;

  3. Asosiy fondlarning eskirish koeffitsienti;

  4. Asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsienti;

  5. Asosiy fondlarning safini to’ldirish koeffitsienti;

  6. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti;

Asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini Samarqand viloyati Qorako’l birlashmasining 2009 yildagi “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisoboti” ma’lumotlari asosida hisoblaymiz. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan.

Asosiy vositalarning holati va harakati to’g’risidagi


2009 yil ko’rsatkichlari

Ko’rsatkich-larning
Nomi

Boshlanјich qiymati,
mln.so’m

Eskirishi, mln.so’m

Qoldiq qiy-mati, mln.so’m

Yil boshiga qoldiq

kirim


CHi-qim


Yil oxiriga qoldiq

Yil boshiga

Yil oxiri-ga

Yil boshiga

Yil oxiri-ga

1.Bino,inshoot, uzatish mosla-masi

707,4

229,6

23,3

913,7

229,0

265,0

478,4

648,7

2.Mashina va jihozlar

275,0


49,8


32,3


292,5


119,8


112,0


155,2


180,5


3.Transport vositalari

74,4


51,3


2,5


123,2


27,4


29,2


47,0


94,0


4.Ishchi va mahsuldor chorva mollari

1373,7

1027,5

453,9

1947,3

-

-

1373,7

1947,3

5.Boshqa asosiy fondlar

64,6


1,4


2,8


63,4


20,2


19,3


44,4


44,1


Jami

2495,1

1359,6

514,8

3340,1

396,4

425,5

2098,7

2914,6

Ushbu jadval ma’lumotlaridan (asosiy fondlarning balansidan) foydalanib, asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini ko’rib chiqamiz.


16.3 Milliy boylik elementlarini joriy va o’zgarmas baholarda hisoblash va ular dinamikasini o’rganish.

Asosiy fondlarning mutloq o’sishi yil oxirida yil boshiga nisbatan 845 mln. so’mni tashkil qilgan: 3340,1 – 2495,1 q + 845 mln.so’m.


1.Asosiy fondlarning o’sish koeffitsienti:

Demak, o’sish koeffitsienti 133,9% ni tashkil qilgan.
2. Asosiy fondlarning qo’shimcha o’sish koeffitsienti. Bu ko’rsatkich ikki xil usul bilan aniqlanadi:
1)
2)
Demak, asosiy fondlar hajmi yil oxirida yil boshiga nisbatan 33,9 % ga oshgan.
3. Asosiy fondlarning eskirish koeffitsienti:
Yil boshida:
Yil oxirida:
Birlashma bo’yicha asosiy fondlarning eskirish darajasi 3,2 foizga kamaygan, demak fondlar ahvoli yaxshilangan, yaroqlilik darajasi oshgan.
4. Asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsienti:
Yil boshida:

Yil oxirida:

Asosiy fondlarning yaroqlilik darajasi yil oxirida yil boshiga nisbatan 3,2 foizga oshgan.
5. Asosiy fondlar safini to’ldirish koeffitsienti:

Demak, asosiy fondlar safi har xil yo’llar bilan 40,7 foizga kengaytirilgan.


6. Asosiy fondlarni hisobdan chiqarish koeffitsienti:

Yil davrida har xil yo’llar bilan xo’jalik hisobidan chiqib ketgan fondlar hajmi 20,6 foizni tashkil qiladi.

16-Mavzu: Milliy boylik statistikasi

16.1 Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari: fond qaytimi va fond sig’imi.




16.2 Mashina va uskunalar - asosiy fondlarning aktiv qismi.
16.1 Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari: fond qaytimi va fond sig’imi

Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo`ladi.


Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizatsiya ajratmalari faqat jismoniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha hisoblanadi:

bu erda, A – yillik amortizatsiya ajratmalari;
BBB – asosiy fondlarning to`la boshlang’ich (tiklash) qiymati
IX – asosiy fondlarni yo`qotish xarajatlari (demontaj, ajratish, buzish va h.k.)
IB – asosiy fondlarni yo`qotish vaqtida olingan materiallar, detallar va boshqalarni sotishdan tushgan mablag’lar
T – asosiy fondlarni xizmat qilish muddati.
Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolyut miqdordagina emas, balki nisbiy ko`rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi deb yuritiladi:

bu erda, NA – amortizatsiya normasi;
F – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog’liq bo`ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshoatlar) ob’ektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo`lsa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo`ladi.
Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional-chiziqli va tezlashtirilgan usullar.
Professional-chiziqli usulda ob’ektning qiymati uning xizmat qilish davrida xar yili bab-barobar ravishda amalga oishiriladi. Masalan, agar ob’ektning xizmat qilish davri – 5 yil bo`lsa, unda uning balansdagi qiymatining xar yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizatsiyaning chiziqli me’yori 20%ga teng bo`ladi.
Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiya meyori ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgarishi va uni modernizastiya qilish uchun mo`ljallangan. U amortizatsiya me’yorining ikki marta ko`paytirilgan xajmiga teng bo`lib, ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan qullaniladi.
Misolimizda ikki marta ko`paytirilgan chiziqli amortizatsiya me’yori 40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo`lsa, foydalanishning birinchi yilida 80 ming so`m (200 m.s.:0,4) ajratiladi. U holda qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan ikkinchi yil amortizatsiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo`ladi. Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizatsiya ajratmalari shu usulda hislblanadi (72x0,4 va h.k.).
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali amalga oshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig’ilib boradi va ma’lum muddat o`tgandan so`ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarning qiymatini to`la qoplashi kerak. SHuning uchun asosiy fondlarning amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatidan katta bo`lishi mumkin emas.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida amortizatsiya ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan asosiy fondlar o`rniga texnikaviy takomillashgan asosiy fondlar bilan almashtirishda qatnashadi va manba bo`ladi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarga sarflanadi.
Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish uchun qilingan xarajatlar investitsiya deb ataladi va ular joriy yil xarajatlariga kiritilmaydi.
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi mumkin.
SHunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. eskirish birlamchi va u butun xizmat davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o`zgarmasdan qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.
19-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish.

Asosiy fondlarning bozor qiymati – u korxona va muassasalarda mavjud bo`gan ob’ektlarni xozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va kelajakda foydalanish va foyda olish darajasini, talab va taqdim nisbatini hisobga olgan holda aniqlanadi va shu bahoda korxonalar va muassasalarda ularni sotib yuborishlari mumkin bo`ladi.





Download 79.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling