16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


HUQUQ HAQIDAGI JAMOATCHILIK FIKRI


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana19.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709976
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
4.Sosiologiya va politologiyaning jamiyatimizda tutgan orni

HUQUQ HAQIDAGI JAMOATCHILIK FIKRI
Karimov Zafar, 
Urganch Davlat Universiteti tadqiqotchisi
Tel: +998939227097
zafarbek.karimov.88@mail.ru
Anotatsiya: Ushbu maqolada repraduktiv salomatlikning, uning mazmun mohiyati, 
mamlakatimiz fuqarolarining reproduktiv qarashlari, “reproduktiv salomatlik” va “reproduktiv 
huquq” tushunchalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, fuqarolarning oilani rejalashtirish va aholi 
salomatligini saqlash masalalaridan xabardorlik darajasini o‘rganishdan iboratdir.
Kalit so‘zlar: reproduktiv salomatlik, ijtimoiy fikr, repraduktiv huquq.
Reproduktiv salomatlik bu nafaqat kasallik va holsizliklarning kuzatilmasligi balki, reproduktiv 
tizimdagi jismoniy, mental va ijtimoiy farovonlikdir. Reproduktiv (lot. re-tiklanish,takrorlanish 
ma’nosida, produco – yarataman). Ilk bora reproduktiv salomatlik iborasi 1994 yil Qohirada 
bo‘lib o‘tgan aholi va rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyada tilga olingan 
va quyidagicha izoh berilgan: inson huquqlarini himoya qilish, turmush farovonligini oshirish, 
aholining asosiy ijtimoiy xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash, qashshoqlik bilan kurashishda 
harakatlarni birlashtirish, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni himoya qilish 
masalalari o‘z aksini topgan.
Reproduktiv huquqlar hozirgi vaqtda Halqaro huquq tomonidan rasmiy ravishda tan olingan 
va Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro xujjatlarda ro‘yxatga olingan, shuningdek ushbu masala 
bo‘yicha yakdillikka erishilganligi to‘g‘risida hujjatlashtirilgan guvohnomalari bo‘lgan qator 
inson huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g’risida”gi qonunida belgilangan vazifalar 
bo‘yicha “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Fuqarolarning 
reproduktiv qarashlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq haqidagi jamoatchilik fikri” 
mavzusida so‘rov o‘tkazdi.
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz fuqarolarining reproduktiv qarashlari, 
“reproduktiv salomatlik” va “reproduktiv huquq” tushunchalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, 
fuqarolarning oilani rejalashtirish va aholi salomatligini saqlash masalalaridan xabardorlik 
darajasini o‘rganishdan iboratdir.
So‘rovda yurtimizning barcha fuqarolari – respublikamizning barcha viloyatlaridagi turli aholi 
qatlamlari vakillari, barcha yoshdagi xotin-qizlar va erkaklar, turli millat va din vakillari ishtirok 
etdi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda oila institutini, ona va bola 
salomatligini mustahkamlash, aholi orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish sohasida 
yagona davlat siyosati yuritilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 
11 martida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini 
saqlash to‘g’risida”gi qonunining qabul qilinishi bilan bu boradagi ishlar yangi bosqichga 
ko‘tarildi. Qonunda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, jumladan
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, sog’lom 
farzandlar tug’ilishiga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, xotin-qizlar 
va erkaklarning reproduktiv huquqlari amalga oshirilishida ularga teng imkoniyatlar yaratish, 
fuqarolarning mazkur sohadagi tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi davlat siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari mustahkamlangan.
Jamiyatimizda oila munosib avlodni tarbiyalovchi muhim ijtimoiy institut mavqeiga ega 


26

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling