16-variant pisa xalqaro baholash dasturlariga doir test namunalari


Download 221.72 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi221.72 Kb.
#1828615
1   2   3   4   5
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar:
Bizning sinfga kirgan,
Bolalar qadrin bilgan.
Qadrli mehmonlarga,
Assalomu alaykum.
O’qituvchi:
Salom, aziz o’g’il-qizlarim!
Ko’pdir sizga aytar so’zlarim,
Bo’ling, deyman ham odam, olim,
Sizda bo’lsin odob-u bilim.
O’quvchilar:
Assalomu alaykum, ustoz!
So’zingizga tutamiz quloq.
Yaxshi o’qib ,odoblik bo’lsak,
Yurtga tegar nafimiz ko’proq.
O’qituvchi:
Demak, darsga tayyormi barcha?
Navbatchi kim? Hisobot ber-chi.
(Navbatchi hisoboti)
-Qani ayting bolajonlar bizning dono yurtboshi yilni qanday nomladi?
-Yutrboshimiz 2020-yilni “Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb belgilandi.
-Jannatmakon o’lkamizga qaysi fasl kirib keldi?
-O’lkamizga bahor fasli kirib keldi.
-Bahor tabiat haqida nimalar deya olasiz?(Rasm asosida bog’lanishli matn tuziladi)
Bahor keldi. Kunlar isiy boshladi. Issiqsevar qushlar uchib kelmoqda. Bodom daraxtlari gulladi. Erta tongda qushlarning yoqimli ovozlari kishi kayfiyatini ko’taradi.Qir-adirlarda maysalar unib chiqmoqda. Bahor elchisi boychechak ham gulladi. Atro yangi kelinchak misoli go’zal ko’rinishga ega bo’ldi.
-Mart oyida qanday bayramlarni nishonladik va nishonlamoqchimiz?
-1-mart Zulfiyaxonim tavalludining -yilligini keng nishonladik.
-8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonladik
-Yana 11 kundan so’ng 21-mart Navro’z bayramini nishonlaymiz.
-21-mart shoir Abdulla Oripov tavallaud topgan kun
Bugun sizlar bilan darsimizda “Yer” sayyorasidan Oyga qarab kosmik kemada parvoz qilamiz. Buning uchun sizlar darsimizning barcha bosqichlarini a’lo darajada bajara olishingiz kerak bo’ladi.Men sizlarga ishonaman va barchangizni yaxshi ko’raman.
Demak biz raketamizning qismlarini yig’ishni boshladik va birinchi bo’lib raketamining uch qismini joylashtiramiz.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Ko’rib turganingizdek o’quvchilarimiz guruhlarga bo’linishgan hozir ular guruhlari nomi bilan sizlarni tanishtiradilar.

Download 221.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling