16-variant pisa xalqaro baholash dasturlariga doir test namunalari


I guruh: “Bilimdonlar” III guruh: “Ziyraklar”


Download 221.72 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi221.72 Kb.
#1828615
1   2   3   4   5
I guruh: “Bilimdonlar” III guruh: “Ziyraklar”
Bilimdonmiz, sho’x-quvnoqmiz, Yulduzlardek porlaymiz,
Kitob bilan do’st-inoqmiz. G’alabaga chorlaymiz.
II guruh: “Zukkolar” IV guruh: “Topqirlar”
Quvnoq, zukko bolamiz, Bilim olib tolmaymiz,
Ochilgan gul-lolamiz. O’rganishdan qolmaymiz
-Ayting meni donolarim, bilimdon-u,chaqqonlarim matematika fani bizga nimalarni o’rgatadi?
-Sanashni, hisoblashni,
Fikrlashni, o’ylashni,
Masalalar yechishni,
No’malumni topishni,
Og’irlik, uzunlikni,
Vaqt, masofa, tezlikni,
Ko’paytirish, bo’lishni,
Perimetr, yuzani,
Topishni, taqqoslashni,
Burchak, tomon, shaklni.
O’rgatar matematika
Bel bog’lab doim tikka
- Demak biz o’rganganlarimiz asosida uy vazifani tekshirib, o’tilgan mavzularni mustahkamlab olsak bo’ladi. Barchamiz tayyormizmi?
Uy vazifasini tekshirishda guruhlar misollarni 1tadan o’qiydi, 4 nafar o’quvchi test bajaradi.
-Uyga qanday vazifa berilgan edi?
-Uyga vazifa 685-misol.
685-misol
(200000-8325*4):100=1667 87*93=8091
1)8325*4=33300 604*12=7248
2)200000-33300=166700
3)166700:100=1667
Aylanma daftarlar yig’ib olingunga qadar sizlar bilan fanlardan olgan bilimlaringizni tezkor savollar orqali tekshirib bugingi darsimiz shiorini bilib olamiz. Guruh sardorlarimiz esa test bajariadilar.
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi nima bilan boshlanadi?(muqaddima -M)
2 O’t o’simliklar bilan qalin qoplangan o’rmonsiz tog’ oldi qirlar va past tog’larni nima tashkil etadi?(adir- -A)
3. Qarama –qarshi tomonlari teng bo’lgan to’rtburchak nima deyiladi?(to’g’ri to’rtburchak -T)
4.11 ingliz tilida(elevn-E)
5.Musiqachi rus tilida nima deyiladi?( - M)
6. Ishtaha rus tilida nima deyiladi?(appetit-A)
7.4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlarni o’zlashtirish darajasini aniqlovchi dastur nomi?(TIMSS-tayms-T)
8.Butun narsaning yarmini toppish uchun nechaga bo’lish kerak?ikkiga-I)
9.Topishmoq; “O’zimizda qator soqchi, ko’zimizga qarab boq-chi?”(kiprik-K)
10.Birinchi eshitgan qo’shig’imiz?(alla-A)
11.Xola, amma ingliztilida qanday ataladi?(aunt-ant -A)
12.Uzun so’ziga qarama-qarshi so’z ayting? (qisqa-Q)
13.Suyuqlik o’lchov birligi?(litr -L)
14.-dan qaysi kelishik qo’shimchasi?(chiqish kelishigi-Ch)
15. Qadimgi davrdagi xalifalar unvoni?(amiralmo’min-A)
16.Oyga nima yordamida sayohat qilinadi?(raketa -R)
17.Arab raqamlarini kashf etgan olim? (Xorazmiy-X)
18.1000 bilan 500 ning bo’linmasi nechaga teng ?(ikkiga-I)

Download 221.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling