17-amaliy mashg’ulot


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana25.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
#177456
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5384532891915000960



17-amaliy mashg’ulot: Tillarang, Sariq va Pirofita suvo’tlari bo’limi. Diatom va 

qo’ng’ir suvo’tlari bo’limi. 



O`quv qo‘llanma va jihozlar. Slaydlar, kodoskop, darsliklar, amaliy mashg‘ulot 

uchun uslubiy qo‘llanmalar, mikroskoplar, vosheriyaning tabiatdan yig‘ib kelingan tirik, 

vaqtinchalik  va  tayyor  preparatlari,  qoplag’ich  va  buyum  oynachalar,  tomizgich, 

jadvallar.  



SARIQ-YASHIL SUVO‘TLAR BO‘LIMI – XANTOPHYTA 

Bu  bo‘lim  vakillari  har  xil  sharoitda  keng  tarqalgan  bo‘lib,  chuchuk  suv 

havzalarida  ko‘proq  uchraydi.  Ular  yashil  suvo‘tlariga  juda  o‘xshash.  Shuning  uchun 

ham ilgari bu bo‘lim vakillari yashil suvo‘tlariga qo‘shib o‘rganilgan.  

Hozir  bir  qancha  muhim  belgilarini  hisobga  olib,  u  mustaqil  bo‘lish  sifatida 

ajratilgan.  Eng  muhim  belgilari  qatoriga  quyidagilar  kiradi:  harakatchan  vakillariga 

shakli  va  uzunligi  har  xil  bo‘lgan  ikkita  xivchin  bo‘lib,  uzun  shoxlangan,  qisqasi  esa 

silliq bo‘ladi.  

Tuban  tuzilgan  vakillarining  hujayra  po‘sti  periplastdan,  ko‘pchilik  turlarida 

pektindan,  ba’zi  vakillarida  esa  sellyulozadan  tashkil  topgan.  Ba’zan  ikki  qatordan 

tashkil topgan hujayra po‘sti qum tuproqli bo‘ladi. Hujayraning yaltiroq sitoplazmasida 

bitta yoki ko‘p sonli juda ham mayda yadrosi, disksimon, plastinkasimon, yulduzsimon 

yoki kosachasimon xromatofora bo‘ladi.  

Xromatofora  ko‘pincha  pirenoidsiz,  ayrim  hollarda  pirenoid  uchraydi. 

Xromatoforada  xlorofill  “a”,  “s”,  α  va  β  –  karotin  hamda  uch  xil  ksantofil:  lyutein, 

violaksantin  va  neoksantin  pigmentlari  uchraydi.  Bu  pigmentlarning  turli  nisbatlarda 

qo‘shilishidan ularning  rangi oqish  sariqdan  – qoramtir  sariq, ba’zilari  yashil va hatto 

havo ranglarda bo‘lishi mumkin.  

Hujayrada  kraxmal  to‘planmay,  balki  yog‘  tomchilari,  ba’zan  volyutin  va 

xrizolaminarin  to‘planadi.  Harakatchan  vakillarida  xromatoforning  uch  tomonida  qizil 

ko‘zcha  joylashadi.  Monad  shakldagi  vakillarining  old  qismida  bitta  yoki  ikkita 

qisqaruvchan  vakuolasi  bo‘ladi.  Hujayrada  mayda  kristallchalar  tarzidagi  tanachalar 

bo‘lib, ularning tabiati va ahamiyati haligacha aniqlanmagan (1-rasm).  

Vegetativ  ko‘payishi  hujayraning  teng  ikkita  bo‘linishi  vositasida  boradi.  Jinssiz 

ko‘payishi zoosporalar yoki aplanosporalar hosil qilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Jinsiy 

ko‘payishi geterogamiya, ba’zi vakillarida izo-yoki oogamiya. Noqulay sharoitda sista 

hosil qiladi.  



 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling