17-amaliy mashg’ulot
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5384532891915000960
- Bu sahifa navigatsiya:
- SARIQ-YASHIL SUVO‘TLAR BO‘LIMI – XANTOPHYTA
17-amaliy mashg’ulot: Tillarang, Sariq va Pirofita suvo’tlari bo’limi. Diatom va qo’ng’ir suvo’tlari bo’limi. O`quv qo‘llanma va jihozlar. Slaydlar, kodoskop, darsliklar, amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanmalar, mikroskoplar, vosheriyaning tabiatdan yig‘ib kelingan tirik, vaqtinchalik va tayyor preparatlari, qoplag’ich va buyum oynachalar, tomizgich, jadvallar. SARIQ-YASHIL SUVO‘TLAR BO‘LIMI – XANTOPHYTA Bu bo‘lim vakillari har xil sharoitda keng tarqalgan bo‘lib, chuchuk suv havzalarida ko‘proq uchraydi. Ular yashil suvo‘tlariga juda o‘xshash. Shuning uchun ham ilgari bu bo‘lim vakillari yashil suvo‘tlariga qo‘shib o‘rganilgan. Hozir bir qancha muhim belgilarini hisobga olib, u mustaqil bo‘lish sifatida ajratilgan. Eng muhim belgilari qatoriga quyidagilar kiradi: harakatchan vakillariga shakli va uzunligi har xil bo‘lgan ikkita xivchin bo‘lib, uzun shoxlangan, qisqasi esa silliq bo‘ladi. Tuban tuzilgan vakillarining hujayra po‘sti periplastdan, ko‘pchilik turlarida pektindan, ba’zi vakillarida esa sellyulozadan tashkil topgan. Ba’zan ikki qatordan tashkil topgan hujayra po‘sti qum tuproqli bo‘ladi. Hujayraning yaltiroq sitoplazmasida bitta yoki ko‘p sonli juda ham mayda yadrosi, disksimon, plastinkasimon, yulduzsimon yoki kosachasimon xromatofora bo‘ladi. Xromatofora ko‘pincha pirenoidsiz, ayrim hollarda pirenoid uchraydi. Xromatoforada xlorofill “a”, “s”, α va β – karotin hamda uch xil ksantofil: lyutein, violaksantin va neoksantin pigmentlari uchraydi. Bu pigmentlarning turli nisbatlarda qo‘shilishidan ularning rangi oqish sariqdan – qoramtir sariq, ba’zilari yashil va hatto havo ranglarda bo‘lishi mumkin. Hujayrada kraxmal to‘planmay, balki yog‘ tomchilari, ba’zan volyutin va xrizolaminarin to‘planadi. Harakatchan vakillarida xromatoforning uch tomonida qizil ko‘zcha joylashadi. Monad shakldagi vakillarining old qismida bitta yoki ikkita qisqaruvchan vakuolasi bo‘ladi. Hujayrada mayda kristallchalar tarzidagi tanachalar bo‘lib, ularning tabiati va ahamiyati haligacha aniqlanmagan (1-rasm). Vegetativ ko‘payishi hujayraning teng ikkita bo‘linishi vositasida boradi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yoki aplanosporalar hosil qilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi geterogamiya, ba’zi vakillarida izo-yoki oogamiya. Noqulay sharoitda sista hosil qiladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling