17-amaliy mashg’ulot
-rasm. Pinnulariya (Pinnularia) ning jinsiy jarayoni
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5384532891915000960
3-rasm. Pinnulariya (Pinnularia) ning jinsiy jarayoni.
1–pinnulariyaning hujayralari; 2–sovut tashlagan hujayralar; 3–meyoz va to’rtta sporaning hosil bo‘lishi; 4–auksosporalarning hosil bo‘lishi; 5–sovutlarning hosil qilishi. Pinnulariya va boshqa diatom suvo‘tlarni tuzilishini doimiy preparatlarda ham o‘rganish mumkin. Pinnulariya vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda hujayra protoplasti bo‘kilib hajmi kattalashadi va ikkala sovut bir-biridan ajraladi. Hujayra yadrosi mitoz bo‘linib, protoplast ham ikkiga ajraladi. Hosil bo‘lgan protoplastlarni birida ona hujayradan olgan epiteka, ikkinchisida esa gipoteka bo‘ladi. So‘ngra ular yetishmagan tomonini tiklaydi, lekin ikkala hosil bo‘lgan hujayralarning gavdasi gipotekadan kichik bo‘ladi. Bu jarayon bir necha marta takrorlanishi natijasida hujayralari kichiklashib ketadi. O‘lchami kichiklashib ketgan hujayra, jinsiy ko‘payish orqali o‘z o‘lchamini yana tiklab oladi. Pinnulariyaning jinsiy ko‘payishi konyugatsiyasiga o‘xshash. Bunda ikki hujayra bir-biriga yaqinlashadi. Ular suvo‘tlarini tashlagach, o‘zlaridan shilimshiq modda ajratadi. Yaqinlashgan har bir hujayra yadrosi reduksion bo‘linib, to‘rtta gaploid yadro hosil bo‘ladi. Ba’zi turlarida hosil bo‘lgan gaploid yadrolardan uchtasi, ayrim turlarida ikkitasi degenerasiyaga uchraydi. Qolgan bitta yadrodan ikkita gameta yetiladi. Ulardan bittasi amyobasimon harakatlanib, joyida saqlangan ikkinchi hujayra gametasi bilan qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan zigota kattalashib, auksosporaga aylanadi. Auksospora hosil bo‘lgach, zigota po‘sti yorilib, uning auksosporada saqlanadi. Voyaga yetgan auksospora po‘sti bilan o‘ralib, pinnulariyaning normal o‘lchamli vegetativ diploid hujayrasini hosil qiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling